Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
RISHTON KULOLCHILIGI YANADA RIVOJLANADI
2023-05-26 22:37:28 343
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov viloyat prokurori Baxtiyor Ismoilov bilan Rishton tumanida kulolchilik sohasida amalga oshirilayotgan yangi loyihalar bilan tanishdi, bu sohada katta muvaffaqiyatga erishgan usta kulollar hamda tadbirkorlar bilan muloqot qildi.
Dastlab Qalaynov MFY hududida barpo etilayotgan Hunarmandlar markazi ko’zdan kechirildi. Loyiha qiymati 16,3 milliard so’m bo’lgan ushbu markaz, 15 milliard so’m bank krediti hamda 1,3 milliard so’m viloyat mahalliy byudjeti mablag’lari hisobiga qurib bitkazildi. Markaz hududidagi 16 ta uy-ustaxona, dastlabki to’lovlarsiz kredit asosida usta kulollar oilalariga ajratildi. Markaz bir oy ichida ish boshlashi ma'lum qilindi.
Viloyat rahbari shuningdek, “Mingboshi Keramik” kulolchilik klasteri tomonidan sopol buyumlar ishlab chiqarish yo’nalishi bo’yicha tashkil etilgan turizm ob'ekti bilan tanishib, Shokir Ahmadjonov tomonidan tayyorlangan yangi sopol buyumlar kollektsiyasini ko’zdan kechirdi.
Rishton tumanida yashab mehnat qilayotgan kulolchilik maktabining yetuk vakillaridan biri Rustam Usmonov tayyorlayotgan mahsulotlar o’ziga xosligi bilan ajralib turadi. Viloyat hokimi usta kulolning xorijlik turistlar uzilmaydigan uy-muzeyida bo’lib, kulolchilik sohasini yanada rivojlantirish borasida muloqot qildi.
Viloyat hokimi “Said Ceramics” oilaviy korxonasi tomonidan tashkil etilgan "Kulolchilik mahsulotlari ishlab chiqarish" investitsiya loyihasi, uy-muzeyi va mehmonxona bilan ham tanishdi. Loyiha tashabbuskorlarining murojaati bilan, ushbu korxona joylashgan ko’cha asfaltlab beriladigan bo’ldi.
Xayrullo Bozorov tuman rahbarlari hamda kulolchilik sohasi vakillari bilan muloqotlarda bugungi kunda bevosita va bilvosita 22 ming nafardan ziyod aholini bandligini ta'minlayotgan Rishton kulolchiligini yanada rivojlantirish, mahsulotlar bilan yangi bozorlarga kirib borish va an'anaviy bozorlardagi o’rnini mustahkamlash, sohada band bo’lgan aholi vakillari uchun mehnat sharoitlari va mehnat muhofazasini yaxshilash borasida o’z fikr va tavsiyalarini bildirdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram