Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
MARG’ILONDA “BUYUK IPAK YO’LI” XALQARO FOLKLOR MUSIQA FESTIVALINING OCHILISH MAROSIMI BO’LIB O’TDI
2023-05-30 09:12:04 245
Marg’ilon shahridagi “Ijodkorlar bog’i”da II “Buyuk ipak yo’li” xalqaro folklor musiqa festivalining tantanali ochilish marosimi bo’lib o’tdi. Unda Xalqaro Turkiy madaniyat tashkiloti – TURKSOY Bosh kotibi Sulton Rayev, Madaniyat va turizm vazirining o’rinbosari Bahodir Ahmedov, viloyat hokimining o’rinbosari Xurshid Ahmedov ishtirok etdilar.
So’z olganlar tomonidan Davlatimiz rahbari boshchiligida so’nggi yillarda O’zbekistonda olib borilayotgan ulkan islohotlar doirasida xalqning milliy o’zligini, qadimiy tarixi va tilini, uning hayot tarzi, an'ana va urf-odatlarini o’zida mujassam etadigan, umumbashariy madaniyatning ajralmas qismi sifatida tan olingan folklor san'atining rivojiga alohida e'tibor berilayotgani alohida qayd etildi.
Folklor san'atiga e'tibor va qiziqishni oshirish – “ommaviy madaniyat”, shou-biznesning salbiy ta'siri dunyoda tobora kuchayib borayotgan bir sharoitda yosh avlodni milliy o’zlikni anglash, tarixiy merosga hurmat ruhida tarbiyalashda muhim o’rin tutishi ta'kidlandi.
Festivalga yurtimizning barcha hududlaridan shuningdek, qo’shni Qozog’iston va Qirg’izistondan jami 20 ga yaqin ijodiy jamoalar, 200 nafarga yaqin xalq ijodiyoti namoyandalari, san'at va madaniyat arboblari, madaniy tadbirlarga esa yana o’nlab viloyatimiz folklor jamoalari jalb etilgani ma'lum qilindi.
Shundan so’ng taniqli xonandalar, mashhur ashula va raqs ansambllari tomonidan tayyorlangan chiqishlar, turli tillarda yangragan qo’shiqlar, betakror milliy raqslar barchaga ko’tarinki kayfiyat bag’ishladi.
Festivalning ilk kuni Marg’ilon osmoni uzra porlagan rang-barang va yorqin mushaklar bilan yakunlandi.
Ma'lumot o’rnida 3 kun davom etadigan “Buyuk ipak yo’li” xalqaro folklor musiqa festivali davomida badiiy kechalar, ijodiy uchrashuvlar va mahorat darslari, xorijiy va O’zbekiston folklor jamoalarining Xalqaro ko’rik-tanlovi hamda sayllar o’tkazilishi rejalashtirilgan. Tantanali taqdirlash marosimi va gala-kontsert bilan festival nihoyalanadi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram