Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 83 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


“MAHALLADAGI BESHLIK HAMKORLIGI”NING “FARG’ONA TAJRIBASI” RESPUBLIKADA OMMALASHTIRILADI

×

 2023-05-31 13:57:37    686

PDF yuklash
Chop etish


Bugun viloyatimizda “Sog’lom oila – sog’lom jamiyat” tamoyili asosida to’g’ri ovqatlanish va sog’lom turmush tarzini shakllantirish, bandlik va ijtimoiy-profilaktikani amalga oshirishda “Mahalladagi beshlik hamkorligi” tizimini yangicha yondashuv asosida yo’lga qo’yishda Farg’ona viloyati tajribasini Respublikada ommalashtirish bo’yicha seminar o’z ishini boshladi.

Seminarda Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi o’rinbosari, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari o’rinbosarlari – Oila va xotin-qizlar boshqarmalari boshliqlari, qo’shni Namangan va Andijon viloyatlarining shahar va tumanlari hokimlari o’rinbosarlari – Oila va xotin-qizlar bo’limlari boshliqlari, Sog’liqni saqlash boshqarmalari boshliqlari, Ichki ishlar vazirligi JXX HPB boshliqlarining xotin-qizlar masalalari bo’yicha o’rinbosarlari hamda boshqa mutasaddilar ishtirok etmoqdalar.

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, Bosh vazir o’rinbosari Zulayho Mahkamova, Ichki ishlar vazirining o’rinbosari, general-mayor Bekmurod Abdullayev, Sog’liqni saqlash vaziri o’rinbosari Elmira Basitxanova ishtirokida Marg’ilondagi Erkin Vohidov nomidagi istirohat bog’ida bo’lib o’tgan seminarning dastlabki ochilish tadbirida “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida ijtimoiy profilaktikani tashkil etish mexanizmi bo’yicha Farg’ona tajribasi, “Tarbiyaning bosh maktabi – ota-ona ibrati” loyihasi doirasida amalga oshirilgan ijobiy ishlarga asosiy e'tibor qaratildi.

Ikki kunlik seminar davomida ishtirokchilar Marg’ilon shahrida “Bir hunarmandga o’n shogird” tamoyili asosidagi Farg’ona tajribasi, Oltiariq tumanida “Sog’lom oilani shakllantirish”, “To’g’ri ovqatlanish va sog’lom turmush tarzi” umummilliy harakati doirasida amalga oshirilgan ishlar, Rishton tumanida tadbirkor ayol Muhayyo Sattarova faoliyati, Beshariq tumani mahallalarida amalga oshirilgan ishlar taqdimoti bilan tanishadilar, Qo’qon shahrida xotin-qizlar bandligini ta'minlagan, tajribali va lider tadbirkor ayollarning “Tadbirkor ayol – jamiyat islohotchisi” mavzusidagi biznes forumida ishtirok etadilar.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram