Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Avgust 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 113 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


“FARG’ONA TAJRIBASI”NI RESPUBLIKADA OMMALASHTIRISH BO’YICHA O’TKAZILAYOTGAN SEMINAR ISHTIROKCHILARI OLTIARIQ TUMANI POLOSON MAHALLA FUQAROLAR YIG’INIDA BO’LDILAR

×

 2023-05-31 20:10:36    488

PDF yuklash
Chop etish


“Mahalladagi beshlik hamkorligi”ning “Farg’ona tajribasi”ni Respublikada ommalashtirish bo’yicha bugun viloyatimizda boshlangan seminar ishtirokchilari Oltiariq tumani Poloson mahalla fuqarolar yig’inida bo’ldilar.

Bosh vazir o’rinbosari Zulayho Mahkamova, Sog’liqni saqlash vaziri o’rinbosari Elmira Basitxanova, Qoraqalpog’iston Respublikasi, barcha viloyatlar hamda Toshkent shahri hokimlarining, shuningdek, qo’shni Namangan va Andijon viloyatlari shahar va tumanlari hokimlarining oila va xotin-qizlar masalalaridan mas'ul o’rinbosarlari, sog’liqni saqlash boshqarmalari boshliqlari va seminarda ishtirok etayotgan boshqa mutasaddilar “Sog’lom oila – sog’lom jamiyat” tamoyili asosida to’g’ri ovqatlanish va sog’lom turmush tarzini shakllantirish bo’yicha viloyatimizda amalga oshirilayotgan ishlar bilan Poloson mahalla fuqarolar yig’ini misolida tanishdilar.

Mahalla hududidagi oilaviy shifokorlik punkti, umumta'lim maktabi hamda maktabgacha ta'lim tashkilotida “Sog’lom oilani shakllantirish”, “To’g’ri ovqatlanish va sog’lom turmush tarzi” umummilliy harakati doirasida qilingan ishlar taqdimoti ko’zdan kechirildi.

Respublika mas'ullari tomonidan sog’lom turmush tarzini ta'minlash uchun belgilangan omillar bo’yicha tushunchalar berildi. Ta'lim, tibbiyot muassasalari hamda mahalla tizimi xodimlarining hamkorlikdagi vazifalari yuzasidan Yo’l xaritalari taqdimoti o’tkazildi.

Sog’lom ovqatlanish, gigiyena talablari hamda badantarbiya mashqlariga aholi o’rtasida, ayniqsa ta'lim muassasalarida e'tiborni yanada kuchaytirish, mahalla beshligi tomonidan sog’lom turmush tarzini targ’ib qilishda faollikni oshirish kabi dolzarb masalalar muhokama qilindi.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram