Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< SENTYABR 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 58 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


TOKIODA YAPONIYA-FARG’ONA INVESTITSION FORUMI BO’LIB O’TDI

×

 2023-06-02 20:59:25    558

PDF yuklash
Chop etish


Bugun Yaponiya poytaxti Tokioda Farg’ona viloyati va Yaponiya ishbilarmon doiralari ishtirokida investitsion forum bo’lib o’tdi.

Viloyat hokimining o’rinbosari Iqboljon Ergashev, viloyat rasmiylari hamda 20 nafarga yaqin viloyatimiz tadbirkorlaridan iborat delegatsiyaning bugun boshlangan Yaponiyaga amaliy tashrifi dasturi doirasida O’zbekiston Respublikasining Yaponiyadagi elchixonasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan Forumda, Japan DX, SBI Investment, Mitsui kabi 30 ga yaqin turli sohalarda faoliyat olib boruvchi yirik yapon kompaniyalari rahbarlari, Yaponiya tashqi savdoni rivojlantirish tashkiloti (JETRO) hamda Yaponiyaning MDH mamlakatlari bilan savdo hamkorligi assotsiatsiyasi (ROTOBO) rahbariyati ishtirok etdilar.

Tadbirda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Farg’onadan onlayn tarzda kirish so’zi bilan ishtirok etdi.

So’nggi yillarda Davlatimiz rahbari boshchiliklarida yurtimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar doirasida xorijiy hamkorlarga va sarmoyadorlarga yaratilgan qulay sharoitlar va imkoniyatlar, Farg’ona viloyatini ham xorijiy investorlar, shu jumladan, yapon ishbilarmonlari uchun jozibador hududga aylantirganini qayd etgan viloyat hokimi, forumda ishtirok etayotgan tadbirkorlarni “Qo’qon” erkin iqtisodiy zonasi hududida tashkil etilayotgan Yaponiya sanoat texnoparkida o’z loyihalarini amalga oshirishni taklif qildi.

Xayrullo Bozorov yurtimizdagi siyosiy barqarorlik hamda qonun bilan himoyalangan tadbirkorlar huquqlari, shuningdek, Farg’ona vodiysida yirik iste'mol bozorining mavjudligi, viloyatimizning qulay logistik imkoniyatlari, malakali va yetarli ishchi kuchi mavjudligi investitsion loyihalarning muvaffaqiyatli amalga oshishida muhim omil bo’lishini ta'kidladi.

Viloyat hokimi hozirda Farg’onada “Shogun siti” – yapon mehmonxona, restoran va savdo markazi majmuasini qurish, “Sansho” kompaniyasi tomonidan chiqindilarni qayta ishlash, “AOIKAI” xoldingi bilan tibbiyot universiteti va onkologik kasalliklarni davolash shifoxonasini tashkil etish kabi yirik loyihalar ustida ish olib borilayotganini qayd etdi.

Viloyatimizga yapon ishbilarmon doiralari qiziqishi hamda tashrifi keskin ortishi ortidan joriy yil noyabr oyida Farg’ona shahrida navbatdagi O’zbek-Yapon uchinchi biznes forumini o’tkazish rejalashtirilayotgani ham ma'lum qilindi.

Forumda ishtirok etgan yapon tadbirkorlari vakillari, Farg’ona viloyatiga kiritgan investitsiyalari samarali ishlayotgani haqida, viloyatimizdagi qulay investitsion muhit haqida so’zlab berdilar. JETRO va ROTOBO rahbarlari, O’zbekistonda bugun xorijlik investorlarga ochilayotgan yangi imkoniyatlarni alohida e'tirof etdilar.

Viloyat hokimining o’rinbosari – viloyat investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig’i Iqboljon Ergashev tomonidan Farg’ona viloyati iqtisodiyotida amalga oshirilayotgan ishlar, o’sish sur'atlari va viloyatning investitsion, eksport salohiyati haqida taqdimot amalga oshirildi.

“Qo’qon” erkin iqtisodiy zonasi direktsiyasi rahbari Farrux Rahmonov Farg’ona viloyatining iqtisodiy-investitsion salohiyatida “Qo’qon” EIZning o’rni, uning imkoniyatlari, shuningdek, bojxona va soliq to’lovlari misolida investorlar uchun davlat tomonidan taqdim etiladigan imtiyozlar haqida tushunchalar berdi.

Forum davomida B2B va G2B formatida muzokaralar o’tkazilib, o’zaro manfaatli hamkorlik bo’yicha erishilgan kelishuvlar doirasidagi savdo-investitsion loyihalarni amalga oshirish bo’yicha ish tashkil etish belgilab olindi.

Forum ishida O’zbekistonning Yaponiyadagi favqulodda va muxtor elchisi Muhsinxo’ja Abdurahmonov ishtirok etdi.

Farg‘ona viloyati delegatsiyasining Yaponiyaga safari davom etmoqda.































Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram