Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
FARG’ONA VILOYATI DELEGATSIYASINING YAPONIYAGA TASHRIFI DAVOMIDA QATOR INVESTITSION LOYIHALAR BO’YICHA KELISHUVLARGA ERISHILDI
2023-06-05 11:27:03 708
Viloyat hokimining o’rinbosari Iqboljon Ergashev boshchiligidagi Farg’ona viloyati rasmiylari hamda tadbirkorlaridan iborat delegatsiyaning 2-4 iyun kunlari Yaponiyaga tashrifi davomida qator investitsion loyihalar bo’yicha kelishuvlarga erishildi. Shuningdek, “Qo’qon” erkin iqtisodiy zonasida tashkil etilayotgan “Yapon sanoat texnoparki”da loyihalarini joylashtirish bo’yicha o’nlab kompaniyalar amaliy bosqichga o’tishga tayyor ekanliklarini ma'lum qilishdi.
Tokioda Farg’ona viloyati va Yaponiya ishbilarmon doiralari ishtirokida bo’lib o’tgan samarali investitsion forumdan tashqari, qator kompaniyalar rahbarlari bilan alohida muzokaralar ham o’tkazildi.
Takii Seed kompaniyasi rahbari Kazuxiko Matsumura bilan uchrashuvda viloyatimizda yuqori hosildor va sifatli qishloq xo’jaligi urug’lari yetishtirish loyihasini amalga oshirish masalasi muhokama qilindi. Rishton tumanida tashkil etish ko’zda tutilayotgan ushbu korxonada aholi va fermer xo’jaliklari uchun qishloq xo’jaligi ekinlari urug’lari yetishtiriladi. Viloyat hokimining o’rinbosari Iqboljon Ergashev, gulchilik sohasi keng rivojlangan Quva tumanida ham korxonaning filialini joylashtirish bo’yicha o’z taklifini berdi va bu ijobiy qabul qilindi.
Ekoshahar hududida 1 gektar maydonda zamonaviy Yapon tibbiyot klinikasi loyihasini amalga oshirishga kirishayotgan NAGAI Clinic kompaniyasi rahbari Koji Nagai bilan muloqotda loyihaning navbatdagi amaliy bosqichlari muhokama qilindi, yaqin kunlarda Farg’onada kelishuvlar yuzasidan investitsion hamkorlik memorandumi imzolanishiga hamda klinikaning tamal toshi qo’yilishiga kelishib olindi. Ushbu klinika Yaponiyaning “Micado Development” kompaniyasi tomonidan “Ekoshahar” da 3 gektar maydonda barpo etishga kirishilayotgan qiymati 15 million dollarlik “Shogun city” yapon bog’i, mehmonxona, restoranlar majmuasi bilan uyg’unlik kasb etadi.
Yaponiyaning yirik savdo brendi Daiso kompaniyasi bilan Farg’onada savdo markazlarini qurish masalasida uchrashuv o’tkazildi.
Vitaminlar va farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqaruvchi Meiji Seyaku, qurilish uchun metal mahsulotlar ishlab chiqaruvchi Sakura Tec, uy-joy qurilishi uchun yog’ochni qayta ishlovchi Kaneko, avtomobil moylari va kimyoviy yuvish vositalari ishlab chiqaruvchi NIOC kompaniyalari, Yaponiya va Markaziy Osiyo hamda YEvropa o’rtasida transport-logistika xizmati ko’rsatuvchi Japan DX & Polaris Logistics vakillari bilan o’tkazilgan muzokaralar va uchrashuvlar ham samarali bo’ldi.
Viloyat delegatsiyasining Yaponiyaga tashrifi o’z nihoyasiga yetdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram