Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 63 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONA VILOYATI VA ITALIYA O’RTASIDA O’ZARO MANFAATLI HAMKORLIK KO’LAMI KENGAYIB BORMOQDA

×

 2023-06-07 18:57:10    208

PDF yuklash
Chop etish


Rivojlangan xorijiy davlatlar hududlari bilan to’g’ridan-to’g’ri hamkorlik aloqalarini rivojlantirib kelayotgan Farg’ona viloyati, Italiya bilan ham savdo-iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy sohalarda o’zaro manfaatli munosabatlarni kengaytirib bormoqda.

O’tgan yil davomida Italiyaning tekstil poytaxti hisoblangan Prato shahri delegatsiyasining hamda Rossiyada faoliyat olib borayotgan 300 dan ziyod Italiya kompaniyalari uyushmasi – Confindustria Russia vitse-prezidenti Jon Mottaning Farg’onaga tashrifi, italyan ishbilarmon doiralarining viloyatimizga bo’lgan katta qiziqishini ko’rsatadi.

Italiyaning markaziy hududi Umbriyada joylashgan, o’zining noyob sopollari va koshinlik san'ati bilan dunyoga mashhur Deruta shahri va Rishton tumani o’rtasida savdo-iqtisodiy, turizm va madaniy sohalarda aloqalar o’rnatilib, Rishtonda zamonaviy chinni mahsulotlarini ishlab chiqarish bo’yicha qo’shma loyihani amalga oshirish borasida amaliy ishlar boshlab yuborildi.

Joriy yil may oyida esa Italiyaning Turin Politexnika universiteti va Farg’ona politexnika instituti hamkorligida viloyatimizda arxitektura va shaharsozlik sohasida malakali mutaxassislar tayyorlash hamda ularda amaliy ko’nikmalarni shakllantirish bo’yicha hamkorlikka asos solindi.

2022 yilda Farg’ona viloyati va Italiya o’rtasidagi o’zaro tashqi savdo aylanmasi 14,4 mln. dollarni tashkil etgan bo’lsa, joriy yilning o’tgan 5 oyi davomida bu raqam 6,1 mln. dollarga teng bo’ldi. 2023 yil yanvar-may oylarida viloyatimizdagi jami 8 ta korxona tomonidan Italiyaga 2,9 mln. dollarlik tekstil mahsulotlari eksport qilindi.





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram