
Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

.
.
Saytni baholash
BATKEN VILOYATI GUBERNATORINING BIRINCHI O’RINBOSARI BOSHCHILIGIDAGI 50 NAFARDAN ZIYOD QIRG’IZ ISHBILARMONLARI DELEGATSIYASI HAMKORLIK ALOQALARINI KENGAYTIRISH UCHUN FARG’ONAGA KELDI

2023-06-08 11:54:14 360
Qirg’izistonning Batken viloyati gubernatorining birinchi o’rinbosari Marufxan Tulayev boshchiligidagi qo’shni davlat ishbilarmonlaridan iborat yirik delegatsiya Farg’onaga keldi.
Dastlab viloyat “Tadbirkorlar uyi”da viloyat hokimining o’rinbosarlari Iqboljon Ergashev, Hurshidjon Ahmedov, Batken viloyati gubernatorining birinchi o’rinbosari Marufxan Tulayev va ikki viloyat ishbilarmonlari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda tashrif maqsadi Farg’ona va Batken viloyatlari o’rtasida investitsiya va savdo-iqtisodiy sohalarda hamkorlikni rivojlantirishning istiqbolli yo’nalishlarini muhokama qilish ekanligi ta'kidlandi.
Qirg’iz delegatsiya a'zolari kun davomida ikki guruhga bo’lingan holda Farg’ona, Marg’ilon, Quvasoy shaharlari, Toshloq, Oltiariq, Yozyovon Qo’shtepa, Farg’ona tumanlaridagi yirik ishlab chiqarish, to’qimachilik korxonalari faoliyati, qishloq xo’jaligi sohasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishadilar. Joylarda ikki viloyat ishbilarmonlari o’rtasida savdo-iqtisodiy sohalarda hamkorlikni rivojlantirish bo’yicha uchrashuvlar ham tashkil etiladi.





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram