Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
FARG’ONA VILOYATI VA CHENDU SHAHRI O’RTASIDA HAMKORLIK ALOQALARI YO’LGA QO’YILDI
2023-06-09 22:22:48 691
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Xitoyning Chendu shahri Sanoat va savdo federatsiyasi raisining o’rinbosari Deng Bo boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Uchrashuvda xitoylik ishbilarmonlar tomonidan mashinasozlik, farmatsevtika, elektronika va AyTi sohasi bo’yicha Farg’onada kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan yangi loyihalar bo’yicha fikr almashildi.
Qabul uchun minnatdorchilik bildirgan Deng Bo, 21 million aholisi bo’lgan Chendu shahri iqtisodi bo’yicha Xitoyning to’rtinchi yirik shahri ekani, federatsiya tarkibida 10 mingdan ortiq tashkilot borligi, ularning har biri yillik daromadi 100 million yuandan ortiqni tashkil etishi haqida ma'lumotlar berdi.
Farg’onaga tashrifdan maqsad viloyatimiz va Chendu respublika bo’ysinuvidagi shahri o’rtasida birodar shaharlar aloqalarini yo’lga qo’yish, federatsiyasining vakolatxonasini Farg’ona shahrida ochish, aqlli shahar, aqlli transport loyihasini tajriba tariqasida birinchilardan bo’lib Farg’onada amalga oshirish va yana bir qator loyihalarga investitsiya kiritish ekanligi aytib o’tildi.
Chendu Zhiyuanhui information technology CO., Ltd. yuqori texnologiyalar ishlab chiqaruvchi korxona rahbari ham bo’lgan Deng Bo, kuniga 100 ming aholi qatnovchi poyezdlarda Farg’ona viloyati mahsulotlarini reklama qilish orqali Xitoy bozoriga olib kirish taklifini ham bildirdi.
Viloyat hokimi har bir bildirilgan taklif qo’llab-quvvatlanishi, aytilgan sohalar bo’yicha hamkorlikda ishlashga tayyor ekanligini bildirdi.
Shuningdek, uchrashuvda Quvasoy shahrida Chendu shahrining sanoat texnoparki tashkil etish bo’yicha ham takliflar bildirildi. Yaqin kunlarda amaliy ishlarga kirishish bo’yicha kelishib olindi.
Chendu Savdo palatasi Chendu shahar qo’mitasi va hukumati ko’magida 2021 yilda tashkil etilgan notijorat jamoat tashkilotdir. Hozirgi kunda uyushmaning 20 ga yaqin asoschisi bor. 20 ta sanoat sohasini jumladan, 14 ta ilg’or ishlab chiqarish sanoatini (integral mikrosxemalar, innovatsion displeylar, yuqori texnologiyali dasturiy ta'minot, innovatsion dori-darmonlar, yuqori texnologiyali tibbiy asboblar, samolyot dvigatellari, sanoat uchuvchisiz uchish apparatlari, temir yo’l transporti, yangi energiya vositalari, yangi materiallar, ma'lumotlar bazalari, sun'iy intellekt, ekologik toza texnologiyalar), 5 ta zamonaviy xizmat ko’rsatish sohalari, 1 ta shahar zamonaviy qishloq xo’jaligini qamrab oladi.
Savdo palatasi “Bir makon, bir yo’l” strategiyasiga kiritilgan mamlakatlarning bozorini rivojlantirish uchun professional xalqaro platforma sifatida, chet eldagi iqtisodiy va savdo hamkorligiga xizmat qiladi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram