
Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

.
.
Saytni baholash
FARG’ONA VILOYATIDA BMT TARAQQIYOT DASTURI BILAN QISHLOQ XO’JALIGI SOHASIDA HAMKORLIK YANGI BOSQICHGA KO’TARILADI

2023-06-12 09:10:51 231
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot dasturining YEvropa va MDH mamlakatlari bo’yicha mintaqaviy direktori Ivana Jivkovich boshchiligidagi BMT Taraqqiyot dasturi mas'ullaridan iborat delegatsiyani qabul qildi.
Uchrashuvda Farg’ona viloyatida BMT Taraqqiyot dasturi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyihalarning bugungi holati va erishilayotgan natijalari muhokama qilindi, hamkorlik istiqbollari belgilab olindi.
2022 yil sentyabr oyida lavozimga tayinlangan va o’zining O’zbekistonga ilk tashrifini Farg’ona viloyatiga amalga oshirgan Ivana Jivkovich, viloyatda qishloq xo’jaligi sohasi keng rivojlanganidan xabardor ekanini, amalga oshirilayotgan ko’plab muvaffaqiyatli loyihalar qo’shni davlatlarda ham katta e'tibor tortayotganini qayd etdi.
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, bugun viloyat qishloq xo’jaligi sohasi oldida turgan ustuvor rejalarga to’xtalib, BMT Taraqqiyot dasturi bilan hamkorlikda amalga oshirish bo’yicha qator loyihalarni taqdim etdi.
Jumladan, viloyat rahbarining qishloq xo’jaligi ekinlari urug’lari selektsiyasi, bu borada asosan barcha turdagi sabzavotlar urug’chiligiga ixtisoslashgan innovatsion markaz tashkil etish, viloyatdagi mavjud 50 ming gektardan ziyod eski bog’larni iqlimga mos, serhosil ko’chatlar bilan yangilash kabi takliflari ijobiy qabul qilindi.
Shuningdek, viloyatimizda ish boshlagan AKIS Agroxizmatlar markazi hamda Ummon Sultonligi bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan Oziq-ovqat texnologiyasi va muhandisligi xalqaro instituti uchun xorijdan tajribali va malakali mutaxassislar, olimlar jalb etish borasida ham ta'lim dasturlari doirasida hamkorlik qilishga kelishib olindi.
Uchrashuvda viloyat hokimining o’rinbosarlari Iqboljon Ergashev, Komila Kavlanova, BMT Taraqqiyot dasturining O’zbekistondagi doimiy vakili Matilda Dimovska ishtirok etdilar.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram