
Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
XITOY KOMPANIYASI VILOYATIMIZDA KERAMIKA MAHSULOTLARI VA KAFEL ISHLAB CHIQARISH BO’YICHA YIRIK INVESTITSION LOYIHANI AMALGA OSHIRISHNI REJALASHTIRMOQDA
2023-06-12 09:14:36 577
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, Xitoyning Jianhua Ceramics kompaniyasi rahbari Vu Xon Tsyan boshchiligidagi xitoylik investorlarni qabul qildi.
Uchrashuvda Xitoy kompaniyasi tomonidan “Qo’qon” EIZ hududida keramika mahsulotlari va kafel ishlab chiqarish bo’yicha amalga oshirish rejalashtirilayotgan yirik investitsion loyiha muhokama qilindi.
Bugungi kunda O’zbekistonda keramika mahsulotlari va kafel ishlab chiqarish korxonalarining mahsulotlari ichki bozor uchun yetarli emasligini o’rganishlar davomida aniqlashganini qayd etgan Vu Xon Tsyan, Jianhua Ceramics tomonidan rejalashtirilayotgan loyiha doirasida ikki katta ishlab chiqarish liniyasi tashkil etilishi, shuningdek santexnika buyumlari ishlab chiqarish yo’lga qo’yilishini ma'lum qildi. Ishlab chiqarilgan mahsulotlar asosan ichki bozorga, shuningdek, qo’shni davlatlarga eksportga yo’naltiriladi.
Ushbu loyihaning viloyat iqtisodiyoti uchun, shuningdek mamlakatimiz qurilish sohasi uchun ahamiyati katta bo’lishini ta'kidlab, uni qisqa muddatda qurib foylanishga topshirish uchun har tomonlama yordam berilishini bildirdi.
“Qo’qon” EIZ rahbari Farrux Rahmonov, erkin iqtisodiy zonada yaratilgan sharoitlar hamda investorlar uchun qonun bilan taqdim etiladigan imtiyozlar haqida batafsil ma'lumot berdi.
Uchrashuv davomida loyihani amalga oshirish bo’yicha kelgusi choralar belgilab olindi.
Uchrashuvda viloyat hokimining o’rinbosari Iqboljon Ergashev ham ishtirok etdi.



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram




