Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Iyun 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 74 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONALIK PILLAKORLAR ZAFARI: SHARTNOMA REJASI ORTIG’I BILAN BAJARILDI!

×

 2023-06-12 09:42:12    343

PDF yuklash
Chop etish


Farg’ona viloyati pillakorlari tomonidan bu yil 41 ming 187 quti ipak qurti parvarishlandi, 2 ming 397 tonnadan ziyod “kumush tola” yetishtirilib, reja ortig’i bilan bajarildi.

Joriy mavsumda viloyat hududidagi 4968 ta fermer xo’jaliklari bilan 5 ta pillachilik klasterlari o’rtasida pilla yetishtirish bo’yicha shartnomalar hamda fermer xo’jaliklari bilan 41 050 nafar qurt boquvchilar o’rtasida “bir xonadonga bir quti ipak qurti” tomoyili asosida ichki mehnat shartnomalari tuzildi.

Har bir kilogramm pilla hosili uchun bu yil 30 ming so’mdan tarozi ustida naqd pul to’lab berildi.

Yozyovon, Beshariq, Toshloq, O’zbekiston tumanlari pillakorlari birinchilardan bo’lib marraga yetib keldilar. O’rtacha hosildorlik viloyatda 60-65 kg ni tashkil etmoqda.

“Kumush tola” xirmoni yuksalishida viloyatda tashkil etilgan pillachilik klaster korxonalari – “Nurli tong silk” MChJ, “Beshariq ipagi” MChJ, “Dangara ipagi” MChJ, “Vodil ipak yigiruv” ShK, “Uchkoprik ipagi” MChJ korxonalarining hissasi katta bo’ldi.

Ta'kidlash kerakki, 2021-2022 yillarda viloyat hududi bo’ylab jami 13,5 mln. tupdan ziyod tut ko’chatlari o’tqazilib, viloyatdagi jami tutzorlar maydoni 3,7 ming gektarga, yakka qator tut daraxti soni 23,8 mln. tupga yetkazildi. Joriy yil bahor mavsumida ham 2,3 mln. tupdan ziyod tut ko’chatlari o’tqazildi. Bu viloyatimizda ipak qurti uchun yetarli ozuqa bazasi yaratilishiga, pilla hosili mo’l bo’lishiga zamin yaratmoqda.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram