
Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

.
.
Saytni baholash
“BESH TASHABBUS OLIMPIADASI”NING STRITBOL YO’NALISHI BO’YICHA RESPUBLIKA FINAL BOSQICHI ISHTIROKCHILARI VILOYATIMIZDA TANTANALI KUTIB OLINDI

2023-06-12 15:16:49 271
Bugun Marg’ilon shahridagi temiryo’l vokzalida “Besh tashabbus olimpiadasi”ning stritbol yo’nalishi bo’yicha Respublika final bosqichi ishtirokchilarini tantanali kutib olish marosimi bo’lib o’tdi.
Tadbirda viloyat hokimining o’rinbosari Fayzullo Qosimov hamda viloyat Yoshlar siyosati va sport bosh boshqarmasi boshlig’i Nodirbek Hakimov ishtirok etdilar.
Besh bosqichda, jumladan, mahalla-sektor-tuman-hudud-respublika darajasida tashkil etilayotgan mazkur musobaqaning final bosqichida 16 yoshdan 30 yoshgacha bo’lgan o’g’il-qizlar 3 yosh toifasida o’z imkoniyatlarini sinovdan o’tkazishadi.
Farg’ona olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida o’tadigan bahslarda barcha viloyatlardan va Qoraqalpog’iston Respublikasidan kelgan jamoalar g’oliblik uchun kurashishadi.
Sport musobaqalari doirasida ishtirokchilar uchun madaniy-ma'rifiy tadbirlar dasturi ham ko’zda tutilgan.
Ma'lumot o’rnida, Farg’ona viloyati Stritbol sport turi bo’yicha A ligada 12-16 iyun kunlari qizlar bahsiga, 18-22 iyun kunlari S ligada o’g’il bolalar o’rtasida kechadigan musobaqalarga mezbonlik qiladi.







Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram