![](https://ferghana.uz/uploads/sdfsdfsdfsdfsdfsdafsfdasdf.jpg)
Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
![](https://ferghana.uz/images/img/flag-gerb.gif)
.
.
Saytni baholash
FARG’ONADA ILK BOR O’TKAZILGAN "DRIFT SHOU" HAYAJONLARGA BOY BO’LDI
![](https://ferghana.uz/uploads/bot/5fe3568a825cb5045991b.jpg)
2023-06-16 19:31:36 304
Bugun Farg’ona shahridagi “Istiqlol” o’yingohi avtoturargohida viloyatimizda ilk bor avto va motosport ixlosmandlari uchun "Drift shou" o’tkazildi.
Viloyat hokimligi hamda Avto-moto turizm assotsiatsiyasi hamkorligida Farg’onada ilk bor o’tkazilgan sport shousining ochilish marosimida viloyat hokimining o’rinbosari Xurshidjon Ahmedov ishtirok etib, barcha avtosport ixlosmandlarini sport turizmini rivojlantirish maqsadida tashkil etilayotgan moto va avto drift chiqishlaridan zavq olishga chaqirdi. Tadbirda Avto-moto turizm assotsiatsiyasi raisi Otabek Olimjonov ham ishtirok etdi.
Kelgusida tashkil etiladigan sport tadbirlari bo’yicha hamkorlik memorandumi ham imzolandi.
Haqiqiy adrenalinga boy bo’lgan drift shouda mahalliy hamda Qirg’izistondan tashrif buyurgan haydovchilar, mototsiklchilar o’zlarining maxsus tayyorlangan transport vositalarida ishtirok etib, o’z chiqishlari, tryuklari orqali ishtirokchilarni jo’shqinlantirdi. Tadbir ishtirokchilari ham haydovchilar harakatlarini his-hayajon bilan kuzatib bordilar.
Sport tadbiri davomida shuningdek, moto va avto drift chiqishlari bilan birga avtoparad, tyuning avtomobillar ko’rgazmasi ham avtosport ixlosmandlari e'tiboriga havola qilindi.
"Drift shou" ertaga, 17 iyun kuni, soat 10:00 da So’x tumani Ravon shaharchasida ham bo’lib o’tadi.
![](https://telegra.ph/file/5fe3568a825cb5045991b.jpg)
![](https://telegra.ph/file/5b51069d4c4bfd1c60c68.jpg)
![](https://telegra.ph/file/697720aa73fa241e367fd.jpg)
![](https://telegra.ph/file/84fde969e4c13b13c2a08.jpg)
![](https://telegra.ph/file/3a30881dff669edd3cffd.jpg)
![](https://telegra.ph/file/237f10bcd95304d3a7c08.jpg)
![](https://telegra.ph/file/7f000fb874a2d23fe2436.jpg)
![](https://telegra.ph/file/289e1096fafd08a683a48.jpg)
![](https://telegra.ph/file/d558d13b47e0d5685a62d.jpg)
![](https://telegra.ph/file/5c15599aa5fa08d0ac563.jpg)
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram