Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 82 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


BATKEN VILOYATI GUBERNATORINING BIRINCHI O’RINBOSARI BOSHCHILIGIDAGI DELEGATSIYA VILOYATIMIZDAGI ISHLAB CHIQARISH KORXONALARI HAMDA TURISTIK MANZILLAR FAOLIYATI BILAN TANISHDI

×

 2023-06-17 09:05:09    385

PDF yuklash
Chop etish


Farg’ona shahrida ish boshlagan hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasida ishtirok etish uchun kelgan Batken viloyati gubernatorining birinchi o’rinbosari Marufxan Tulayev boshchiligidagi qirg’iz delegatsiyasi a'zolari kunning ikkinchi yarmida viloyatimizdagi ishlab chiqarish korxonalari hamda turistik manzillar faoliyati bilan tanishdilar.

Mehmonlar dastlab Qo’shtepa tumanida “Sharq ravon” MChJ tomonidan yo’lga qo’yilgan poyabzal mahsulotlari ishlab chiqarish jarayonlarini ko’zdan kechirdilar. 

Shundan so’ng Oltiariq tumani Obod MFY hududida joylashgan "Hamza ekspo art tekstil" MChJ tomonidan yo’lga qo’yilgan trikotaj va to’qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishdilar. Bu yerda ishlab chiqarilayotgan tayyor mahsulotlar Rossiya, Qozog’iston, Polsha kabi xorijiy davlatlarga eksport qilinayotgani to’g’risida ma'lumot berildi.

Rishton tumanida esa usta-kulol Shokirjon Ahmadjonov rahbarlik qilayotgan “Mingboshi Keramik” oilaviy korxonasida tayyorlanayotgan kulolchilik mahsulotlari va ularni tayyorlash jarayonlari mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.

Shuningdek, tumanda tadbirkor Islomjon Orifjonov rahbarligidagi “Chinor plyus-2020” korxonasi tomonidan barpo etilgan Kulolchilik markazi, mehmonxona va maishiy xizmat ko’rsatish markazidan iborat majmua loyihasi ham qo’shni davlat delegatsiyasi a'zolarining alohida e'tiborini tortdi.

Mehmonlar yurtimizda tadbirkor va ishbilarmonlarga yaratilgan qulay sharoitlar, tadbirkorlikni rivojlantirish, turistik markazlar barpo etish borasida olib borilayotgan ishlarga yuqori baho berdilar. 

Yakunda hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash borasida kelishib olindi.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram