Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
BOZORLARDA YONG’IN XAVFSIZLIGI NORMALARI VA QOIDALARIGA QAT'IY RIOYA ETILISHINI TA'MINLASH BO’YICHA MUTASADDI TASHKILOTLAR TOMONIDAN KENG KO’LAMLI O’RGANISHLAR OLIB BORILMOQDA
2023-06-17 15:00:16 434
Bugun Marg’ilon shahridagi xalq tilida “Kombinat bozori”deb yuritiluvchi hududda mutasaddi idoralar vakillaridan tarkib topgan viloyat ishchi guruhi tomonidan reyd tadbiri bo’lib o’tdi. Unda asosan rastalar orasidagi yo’laklarni ochib, yong’in xavfsizligi qoidalariga qat'iy rioya qilinishini ta'minlashga, o’t o’chirish burchaklarini talab darajasida ekanligini aniqlashga e'tibor qaratildi.
Afsuski, o’rganishlarda joriy yilning 12 iyun kuni Qo’qon shahridagi bozorlardan birida sodir bo’lgan yong’in oqibatlaridan bu yerdagi sotuvchilar ham, bozorlar ma'muriyati ham yetarlicha xulosa qilmagani ma'lum bo’ldi.
Xususan, “Ipakchi fayz tong” savdo kompleksi AJ tasarrufidagi bozorda yo’laklarga yakka tartibdagi tadbirkorlik bilan shug’ullanuvchilar o’z mahsulotlarini joylashtirib olgani ko’zga tashlandi. Bozor ma'muriyati ma'lumotiga ko’ra, 270 ta rasta, 400 ta do’kon joylashgan majmuadagi ayrim yo’laklar o’t o’chiruvchi mashinalargina emas, hatto odamlar zo’rg’a harakatlanadigan holatga kelib qolgan. Yana bir jihat, ayrim sotuvchilar tayyor foydalanish mumkin bo’lgan va bo’sh turgan rastalarda emas, yo’laklarda savdo qilishni ma'qul ko’rishmoqda.
Bozorda ba'zi rastalarda elektr simlari tartibsiz ravishda o’tkazilgani, shuningdek, bozor hududida o’t o’chirish burchaklari, o’t o’chirish moslamalarini saqlash talab darajasida emasligi ham aniqlandi.
Ishchi guruhi vakillari tomonidan yo’laklar ochtirilib, sotuvchilar bilan tushuntirish ishlari olib borildi. Bozor ma'muriyatiga holat tez fursatlarda bartaraf etilmasa, belgilangan tartibda tegishli chora ko’rilishi yuzasidan ogohlantirish berildi. Odamlarning hayoti va sog’lig’ini, tadbirkorlarning mol-mulkini, atrof-muhitni yong’inlardan himoya qilish kunning eng muhim masalasi ekanligi ta'kidlandi.
Viloyatimiz bozorlarida bunday o’rganish tadbirlari davom etmoqda.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram