
Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

.
.
Saytni baholash
XITOYNING “CAMC ENGINEERING” KOMPANIYASI, XORIJIY KREDIT LINIYALARI JALB QILGAN HOLDA FARG’ONADA IJTIMOIY MUASSASALAR QURILISHIDA ISHTIROK ETISHNI REJALASHTIRMOQDA

2023-06-19 17:59:52 938
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Xitoyning “CAMC Engineering” kompaniyasi direktori o’rinbosari Gou Tszitsze boshchiligidagi kompaniya vakillarini qabul qildi.
Uchrashuvda Xitoy kompaniyasi ishtirokida Farg’ona viloyatida ijtimoiy muassasalar, shu jumladan, maktablar va tibbiyot muassasalarini loyihalash va barpo etish, bu maqsadda CAMC Engineering vositasi bilan xalqaro moliya tashkilotlarining uzoq muddatli va arzon foizli xorijiy kredit liniyalarini jalb qilish masalasi muhokama qilindi.
2001 yilda tashkil etilgan hamda dunyoning eng yirik 200 ta kompaniyalaridan biri bo’lgan Xitoy milliy mashinasozlik korporatsiyasi (SINOMACH) tarkibiga kiruvchi “CAMC Engineering” kompaniyasi, turli yo’nalishlardagi eng murakkab ob'ektlarni loyihalashdan tortib, qurib foydalanishga topshirishgacha bo’lgan barcha jarayonni amalga oshirish imkoniyatiga va tajribasiga ega yirik muhandislik kompaniyasi hisoblanadi.
CAMC Engineering mamlakatimizda ko’plab yirik loyihalarni, xususan ,“Navoiyazot” OAJ bazasida polivinilxlorid (PVX) ishlab chiqarish bo’yicha qiymati 439,8 million dollarlik kimyo majmuasini barpo etgan. Bugungi kunda 2025 yilgi yoshlar o’rtasidagi Osiyo va Paraosiyo o’yinlari uchun Toshkentda 100 gektar maydonda barpo etilayotgan, umumiy qiymati 289 million dollardan ziyod bo’lgan Olimpiya shaharchasi loyihasini ham amalga oshirmoqda.
Bugungi kunda viloyatimizda 139 umumta'lim maktabi, qator tibbiyot muassasalari qurilishi, ko’plab ijtimoiy ob'ektlarning rekonstruktsiyasi rejalashtirilganini qayd etgan viloyat hokimi, CAMC Engineering bilan hamkorlikda ish olib boruvchi xalqaro moliya tashkilotlarining uzoq muddatli va arzon foizli kredit liniyalarini jalb etish orqali bu loyihalarni hamkorlikda amalga oshirishga tayyor ekanliklarini bildirdi.
Shuningdek, CAMC Engineering kompaniyasining o’z mablag’lari hisobidan Ekoshahar hududida ko’p qavatli turar-joylar barpo etish, Farg’ona shahrida jahon talablariga mos Ekspo hamda biznes markazi barpo etish bo’yicha ham hamkorlik yuzasidan dastlabki kelishuvga erishildi.
Uchrashuvda viloyat hokimining o’rinbosari Iqboljon Ergashev ham ishtirok etdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram