Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 88 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


QURBON HAYITI OLDIDAN XORIJDAGI FARG’ONALIK MIGRANTLAR BILAN ONLAYN OCHIQ MULOQOT O’TKAZILDI

×

 2023-06-20 18:43:07    210

PDF yuklash
Chop etish


Bugun Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi viloyat hududiy filialida viloyat hokimining o’rinbosari Iqboljon Ergashev ishtirokida xorijdagi farg’onalik vatandoshlar bilan onlayn tarzda ochiq muloqot o’tkazildi.

Muloqotda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vakillari, Agentlikning Moskva shahridagi vakolatxonasi, Nijniy Novgorod, Krasnoyarsk, Sankt-Peterburg, Krasnodar, Ufa, Novosibirsk, Xanti-Mansiysk, Permdagi vakillari hamda Rossiyada mehnat qilayotgan hamyurtlarimiz ishtirok etdilar.

Viloyat hokimining o’rinbosari Iqboljon Ergashev, xorijdagi vatandoshlarimizni yaqinlashib kelayotgan Qurbon hayiti bayrami bilan qutlab, bugun tashkil etilgan uchrashuv mehnat migrantlari uchun moddiy-huquqiy yordam ko’rsatishdan iborat ekanligini ta'kidladi. Savdo-iqtisodiy aloqalar, investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirishda xorijdagi vatandoshlarimizning ham o’rni borligi, viloyatga investorlarni jalb qilishdagi ko’maklari e'tirof etildi.

Shundan so’ng onlayn muloqot davomida Rossiya Federatsiyasida ishlayotgan farg’onalik vatandoshlarimizning taklif va murojaatlari tinglandi.

Viloyatimizning O’zbekiston, Furqat, Quva, Uchko’prik va Dang’ara tumanlaridan bo’lgan hamyurtlarimiz mas'ullarga yuzlanib, oilalariga uy-joy, subsidiya, tomorqa-er olish, chorvachilik qilish uchun qo’riq maydon ajratish, ishlab chiqarishni yo’lga qo’yishda ko’mak so’rab murojaat qildilar.

Har bir murojaat mas'ullar ishtirokida ko’rib chiqilishi va murojaatchilarga yechimi bo’yicha ma'lum qilinishi tushuntirildi.

Bu kabi onlayn muloqotlar har chorakda tashkil etilishi bo’yicha kelishib olindi.

Uchrashuvda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi viloyat hududiy filiali boshlig’i Mahmudjon Atabayev ham ishtirok etdi.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram