Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
FARG’ONADA ERON KOMPANIYALARI QATOR YIRIK INVESTITSION LOYIHALARNI AMALGA OSHIRADI. FARG’ONA VILOYATI VA MOZANDARON USTONI O’RTASIDA HAMKORLIK O’RNATILDI
2023-06-21 10:14:39 241
Viloyat hokimining o’rinbosari Iqboljon Ergashev, joriy yil 14-18 iyun kunlari Eron Islom Respublikasida bo’lib, Tehron shahrida O’zbekiston-Eron biznes-forumida ishtirok etdi, ishbilarmon doiralari vakillari bilan muzokaralar o’tkazdi.
O’tkazilgan uchrashuvlar hamda muzokaralar natijasida Farg’ona viloyatida Eron sarmoyasi ishtirokida umumiy qiymati 38 million dollarlik 11 ta investitsiyaviy, savdo-iqtisodiy yo’nalishlardagi loyihalarni amalga oshirishga kelishildi va tegishli hujjatlar imzolandi.
Shuningdek, Eron Tadbirkorlar uyushmasi bilan hamkorlikda Farg’onada “O’zbekiston-Eron savdo uyi” tashkil etiladigan bo’ldi.
Farg’ona viloyati bilan Eronning Mozandaron ustoni (viloyati) o’rtasida hamkorlik aloqalari o’rnatildi, ko’p tomonlama hamkorlik bitimi bo’yicha kelishuvga erishildi.
Mozandaronning iqtisodiy salohiyatidan kelib chiqib tekstil, yog’ochsozlik, qog’oz sanoati, mashinasozlik, qishloq xo’jaligi yo’nalishlarida hamkorlik aloqalarini yo’lga qo’yishga kelishib olindi.
Joriy yil 4-choragida Mozandaron ustoni rasmiylari hamda tadbirkorlaridan iborat katta delegatsiya Farg’ona viloyatiga tashrif buyurishi belgilab olindi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram