Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 65 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


QO’QONDAGI BOZORNI TO’LIQ QAYTA TIKLASH ISHLARI YETARLI KUCH VA VOSITALARNI JALB ETGAN HOLDA JADAL SUR'ATDA DAVOM ETTIRILMOQDA

×

 2023-06-21 22:06:41    306

PDF yuklash
Chop etish


Qo’qondagi buyum bozorida sodir bo’lgan yong’in oqibatida yonib ketgan do’konlarni Davlatimiz rahbarining ko’rsatmalari bilan bir oy muddatda to’liq qayta tiklab berish bo’yicha keng ko’lamli ishlar davom ettirilmoqda.

Bozorni qayta tiklash va qurilish jarayonlarini muvofiqlashtirish va nazorat qilish uchun hududda viloyat hokimligi tomonidan ishchi shtab tashkil etildi.

Viloyatdagi tashkilot va idoralardan yetarli kuch va vositalarni, 2000 nafardan ziyod hasharchini jalb qilgan holda bozor hududida 3 kun davomida yong’indan keyingi tozalash ishlari amalga oshirildi va yakunlandi.

Qurilish va uy-joy kommunal xizmat ko’rsatish vaziri Botir Zokirov tomonidan bozorning loyihasi ishlab chiqilib, tasdiqlandi.

Bugun viloyat hokimining o’rinbosari Hojiqo’zijon Isaqov tomonidan viloyat mutasaddi tashkilotlari hamda quruvchilar ishtirokida ishlarning borishi yuzasidan bozor hududida muhokama yig’ilishi o’tkazildi. Bozor hududida qurib bitkazilishi rejalashtirilayotgan 977 ta savdo do’koni, jami 37 ta qurilish-pudrat tashkilotlariga biriktirib berildi.

Yig’ilishda qurilish ishlarini tez va sifatli amalga oshirish bo’yicha aniq ko’rsatmalar berildi, ishlar ustidan doimiy nazorat qilish bo’yicha mas'ullarga vazifalar belgilandi. Har bir qurilish-pudrat tashkilotiga biriktirilgan qism bo’yicha kunlik reja-grafik tuzish hamda unga qat'iy amal qilinishini ta'minlash bo’yicha topshiriq berildi.

Qurilish ishlarini jadallashtirish uchun pudratchi tashkilotlar ishchilariga bozorga tutash hududda yotoqxona tashkil etish, qurilish maydoniga kech soatlarda to’laqonli ishlash uchun yetarli darajada yoritish tizimi o’rnatish bo’yicha mutasaddilarga vazifalar yuklandi.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram