Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
ISPANIYALIK VA YAPON INVESTORLARI VILOYATIMIZDA KLASTER TIPIDAGI TUT PLANTATSIYASI, IPAK ISHLAB CHIQARISH SANOAT MAJMUASINI BARPO ETISHNI REJALASHTIRMOQDA
2023-06-23 17:54:13 209
Bugun viloyat hokimining o’rinbosari Iqboljon Ergashev ipakchilik yo’nalishidagi klasterni tashkil qilish maqsadida viloyatimizga tashrif buyurgan SILTRACO (Ispaniya) va “SunShine” (Yaponiya) kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi.
Uchrashuvda Yaponiya texnologiya va uskunalaridan foydalangan holda Farg’ona yoki Quva tumanlarida klaster tipidagi tut plantatsiyasini barpo etish, markazlashgan holda ipak qurtini boqish, yuqori sifatli ipak ishlab chiqarish va YEvropaga eksport qilish bo’yicha hamkorlikni yo’lga qo’yish masalalari muhokama qilindi.
Kelgusida amalga oshirilishi ko’zda tutilgan loyiha viloyat uchun manfaatli ekanligini qayd etgan Iqboljon Ergashev, ushbu loyiha uchun maqbul joy ko’rsatilishi hamda kerakli ko’mak berilishini ta'kidladi.
SILTRACO kompaniyasi xalqaro savdoni rivojlantirish va ipak mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari o’rtasida fabrikalar bilan aloqalarni o’rnatish, shuningdek, YEvropa Ittifoqi iste'molchilari uchun yuqori sifatli ipak ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish bilan shug’ullanadi.
Mehmonlar taklif qilinayotgan maydonlar bilan tanishgandan so’ng aniq reja ishlab chiqilib, ish tashkil qilinishiga kelishib olindi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram