Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 69 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


WILDBERRIES XALQARO ONLAYN RITEYLER KOMPANIYASI BILAN HAMKORLIK FARG’ONALIK TADBIRKORLAR UCHUN KENG IMKONIYATLAR ESHIGINI OCHADI

×

 2023-06-23 22:25:19    203

PDF yuklash
Chop etish


Bugun Farg’ona shahridagi Tadbirkorlar uyi majlislar zalida viloyat hokimligi va Wildberries savdo kompaniyasi bilan hamkorlikda viloyatdagi mavjud yengil sanoat yo’nalishidagi ishlab chiqaruvchi korxonalar, eksport va marketing bo’limi rahbarlari uchun "Hamkorlikni yo’lga qo’yish, jahon bozoridan mijoz topish yo’llari" mavzusida uchrashuv bo’lib o’tdi.

Wildberries - bu universal formatdagi xalqaro onlayn gipermarket yoki bozor - hamkor kompaniyalar tovarlari bilan savdo maydonchasi. Kompaniya ishlab chiqaruvchilar va rasmiy distribyutorlar bilan bevosita hamkorlik qiladi. 2022 yilda saytdagi buyurtmalari soni 1,5 milliardga yetdi. Kuniga taxminan 8 million buyurtmani qayta ishlaydi. Faol auditoriya - 130 million kishini tashkil qiladi. Wildberries 30 milliard dollarga baholanadi. Kompaniya dunyoning 6 ta davlatida, jumladan, Qozog’iston, Belarus, Armaniston, O’zbekiston, Moldova, Turkiya, Qirg’iziston va Isroilda vakolatxonalariga ega. 2022 yildan boshlab O’zbekistonda ham ishga tushirildi. 2023 yilning birinchi choragida O’zbekistondan tovar sotish hajmi 84,8 million dollarga oshdi. O’zbekistonda logistika markazi ochilishi bilan o’zbek mahsulotlari eksportini 1,8 milliard dollarga yetkazish rejalashtirilgan.

Wildberries assortimenti 30 000 rus va xorijiy brendlarning 3,6 milliondan ortiq mahsulotlarini o’z ichiga oladi: kiyim va poyabzal, bolalar mahsulotlari, aksessuarlar, uy-ro’zg’or buyumlari, zargarlik buyumlari, maishiy texnika, elektronika va boshqalar.

Bugun tashkil etilgan uchrashuvda ham kompaniyaning mas'ul vakillari tomonidan onlayn savdoning qulayliklari, kompaniya bilan ishlashda hamkorlar uchun qanday afzalliklar va imkoniyatlar mavjudligi haqida batafsil tushunchalar berildi.

Ishtirokchilar taqdimot bilan tanishish asnosida o’zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javoblarni oldi.

Uchrashuvda viloyat hokimining o’rinbosari Iqboljon Ergashev ham ishtirok etdi.





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram