Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Mart 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31      

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 91 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


DANG’ARADA VILOYAT HOKIMINING NAVBATDAGI SAYYOR QABULI BO’LIB O’TDI

×

 2023-06-24 19:29:49    739

PDF yuklash
Chop etish


Bugun Dang’ara tumani 2-sonli kasb-hunar maktabi hududida viloyat hokimi Xayrullo Bozorov tomonidan navbatdagi sayyor fuqarolar qabuli o’tkazildi. Qabulda viloyat prokurori Baxtiyor Ismoilov, viloyat IIB boshlig’i Muhiddin Jo’rayev, viloyat davlat soliq boshqarmasi boshlig’i Adhamjon Tillavoldiyev ham ishtirok etdilar.

Qariyb sakkiz soat davom etgan qabulda viloyatning barcha shahar va tumanlaridan viloyat hokimining shaxsiy qabulini so’rab murojaat qilgan 200 nafardan ziyod fuqarolarning murojaatlari viloyat hokimligining bo’limlari, viloyat boshqarma va tashkilotlari, davlat va tijorat banklari rahbarlari ishtirokida ko’rib chiqildi.

Fuqarolar tomonidan bandlik, tadbirkorlik faoliyatini yo’lga qo’yish, uy-joy, moddiy yordam, ta'lim kontraktini to’lashga ko’maklashish, bank krediti ajratish, yashash sharoitlarini yaxshilash, subsidiyalar ajratish, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, ishga tiklash, sud qarori ijrosini ta'minlash, tibbiy xizmatlar, shu jumladan, murakkab jarrohlik amaliyotlari orqali yuqori texnologik tibbiy yordam ko’rsatish kabi masalalarda qilingan murojaatlarning ko’pi qabul chog’ida o’z yechimini topdi. Hal etilishi uchun muddat talab etiladigan murojaatlar bo’yicha mutasaddilarga qo’shimcha o’rganish bo’yicha tegishli topshiriqlar berilib, ijrosi qat'iy nazoratga olindi. Shuningdek, sud va huquqni muhofaza qiluvchi idoralarga doir masalalar joyida soha mutasaddilariga yo’naltirildi.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram