Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Iyun 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 64 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONADA “YANGI NAFAS” OMMAVIY YUGURISH MUSOBAQASI YUQORI KAYFIYATDA O’TDI

×

 2023-06-25 11:38:09    818

PDF yuklash
Chop etish


30 iyun – "Yoshlar kuni" munosabati bilan, bugun erta tongdan mamlakatimizning 16 ta shahrida, shu jumladan, Farg’onada ham “Yangi nafas” ommaviy yugurish musobaqasi tashkil etildi.

Viloyat hokimligi, viloyat Yoshlar siyosati va sport bosh boshqarmasi, viloyat Adliya boshqarmasi, Sharqiy harbiy okrug qo’mondonligi hamda boshqa mas'ul tashkilotlar hamkorligida “Bir vatanda, bir vaqtda, bir masofaga, bir maqsadda - birga yuguramiz” shiori ostida o’tgan musobaqada yoshlar, keksalar hamda imkoniyati cheklangan shaxslar qatnashdi.

Dastlab harbiylar tomonidan ulkan bayroq keng yoyilib orkestr jo’rligida al-Farg’oniy ko’chasidan tantanali olib o’tildi.

Shundan so’ng musobaqaga ayni shu manzildan start berildi. Ishtirokchilar ikkita, ya'ni 1 milya (1609 m) hamda 3 km. masofada bellashdilar.

Islom Karimov nomidagi viloyat teatr va kontsert saroyi ochiq maydonida o’tgan g’olib va sovrindorlarni taqdirlash marosimida viloyat hokimining o’rinbosari Fayzullo Qosimov, Farg’ona shahar hokimi Vosiljon Nazarov, viloyat Adliya boshqarmasi boshlig’i o’rinbosari Ulug’bek Mahmudov ishtirok etdilar.

1 milya (1609 m) masofaga yugurishda o’g’il bolalar o’rtasida Ruxshod Ma'murov, qizlar o’rtasida Sitorabegim Qurbonova birinchi o’rinni qo’lga kiritishdi.

3 km masofada esa o’g’il bolalar o’rtasida Nuriddin Mamasiddiqov, qizlar o’rtasida Mubina To’lqunova g’olib bo’lishdi.

Xushnudabegim Mirzaakbarova musobaqaning eng yosh ishtirokchisi, Aleksandr Polyakov esa musobaqaning eng yoshi ulug’ ishtirokchisi bo’ldi.

Imkoniyati cheklangan shaxslar o’rtasida Rahim Tojiboyev, Iqbol Usmonov, Jasurbek Abdurahimovlar faollik ko’rsatdilar.

G’olib va sovrindorlarga diplom hamda sovg’alar topshirildi.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram