Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 80 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONADA YOSHLAR SAYLLARI VA MA'NAVIY-MA'RIFIY TADBIRLAR O’TKAZILMOQDA

×

 2023-06-25 16:54:58    204

PDF yuklash
Chop etish


Farg’ona viloyatida “Yoshlar oyligi” doirasida “Yangi O’zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida yoshlar sayllari va ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar bo’lib o’tmoqda. Unda poytaxtimizdan kelgan bir guruh ma'rifat targ’ibotchilari, ziyolilar, olimlar va taniqli san'atkorlar ishtirok etmoqda.

Yoshlar bayramining ilk tadbiri viloyat markazidagi Ahmad Farg’oniy haykali poyiga gul qo’yishdan boshlandi. Shu yerda "Kitob karvoni" loyihasi o’tkazildi. Loyiha doirasida Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi tomonidan 2500 dan ziyod kitoblar viloyatdagi oliy ta'lim muassasalariga tarqatildi.

Tadbirda viloyat hokimining o’rinbosari Fayzullajon Qosimov, "Ma'rifat" targ’ibotchilar jamiyati a'zosi, filologiya fanlari nomzodi Rahimboy Jumaniyozov yoshlar kamolotida, ularning tafakkurini boyitishda kitobning o’rni katta ekanini ta'kidladi.

Ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar Marg’ilon shahridagi Hunarmandlar markazida davom etdi. Unda so’zga chiqqan Toshkent davlat yuridik universiteti professori Feruza Muhiddinova, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artistlar Bahodir Nishonov, Dilfuza Rahimova mamlakatimizda yoshlar siyosati tizimidagi islohotlarga to’xtaldi.

Tadbirda Marg’ilon shahridagi umumta'lim maktablarini a'lo baholarga bitirgan yigit-qizlarga oltin medal tantanali topshirildi.

Ona-vatan, yoshlikni madh etuvchi qo’shiqlar kechaga o’zgacha shukuh bag’ishladi. Ayniqsa, milliy liboslar ko’rgazmasi barchaga manzur bo’ldi.

Shahardagi Raqamli texnologiyalar markazida O’zbekiston Respublikasi davlat gerbi qabul qilinganligining 31 yilligiga bag’ishlangan davra suhbati tashkil etildi.

"Yangi O’zbekiston yoshlari, birlashaylik" shiori ostida davom etayotgan tadbirlar ezgu amallarga ham boy bo’lmoqda. Poytaxtimizdan tashrif buyurgan ijodkorlar bemorlar, ehtiyojmand oilalar xolidan xabar olmoqda. Xususan, Marg’ilondagi yo’qlovlar samimiy muloqot ruhida o’tdi, mehmonlar ko’plab xonadonlarga borib, Qurbon hayiti va Yoshlar kuni bilan tabrikladi.

Ipak yo’li mahallasida yashovchi Gulshoda Ismoilova biroz kasallikdan ozor chekdi. Shunday bo’lsada sabr bilan barchasini yengmoqda. Ayni kunlarda oliy o’quv yurtiga o’qishga kirishga tayyorgarlik ko’rmoqda. Mehmonlarning tashrifi uni behad mamnun etdi. Shu kuni uy ta'limini olayotgan Robiya Ahmadaliyeva, Zulxumor Aliyeva kabi yoshlarning uyiga borildi, ular bayram bilan qutlandi.

Ana shunday tadbirlar barcha shahar va tumanlarda bo’lib o’tmoqda.








Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram