Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 69 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONA VILOYATI DELEGATSIYASINING QASHG’ARDA BO’LIB O’TGAN 13-MARKAZIY VA JANUBIY OSIYO XALQARO SAVDO KO’RGAZMASIDA ISHTIROKI SAMARALI YAKUNLANDI

×

 2023-06-25 17:42:27    189

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimligi tashqi savdo va investitsiyalar kotibiyati mudiri Azimjon Yuldashev boshchiligidagi Farg’ona viloyati delegatsiyasi, Xitoyning Shinjon-Uyg’ur avtonom rayonidagi Qashg’ar shahrida 20-23 iyun kunlari bo’lib o’tgan 13-Markaziy va Janubiy Osiyo xalqaro savdo ko’rgazmasida ishtirok etib qaytdi.

“Qashg’arda uchrashuv: Ipak yo’li iqtisodiy belbog’ida yangi sahifalar” shiori ostida o’tkazilgan ko’rgazmada 577 ta yirik korxonalar o’z mahsulotlari bilan ishtirok etdilar.

Ko’rgazma doirasida o’tkazilgan asosiy forumda Farg’ona viloyati investitsion salohiyati taqdim etildi, Shinjon-Uyg’ur avtonom rayonining ko’plab yirik kompaniyalari rahbarlari bilan muzokaralar o’tkazildi.

Tekstil, fotoelektr mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalarini tashkil etish bo’yicha viloyatimizga investitsiyalar kiritish, elektron savdo, logistika, turizm sohalarida hamkorlik o’rnatish bo’yicha qator kelishuvlarga erishildi.

Joriy yil iyul oyida Xitoy kompaniyalari vakillarining Farg’ona viloyatiga tashrifini tashkil etilishi belgilab olindi.

Shuningdek, Shinjondagi Xalqaro savdo kompaniyasi rahbari ishtirokida Farg’ona viloyatida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni Xitoyga eksport qilish bo’yicha seminar-trening o’tkaziladigan bo’ldi.

Farg’ona viloyati tadbirkorlari va xunarmandlaridan iborat delegatsiyalarning Xitoy hududlariga doimiy tashriflarini tashkil etish choralari belgilandi.







Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram