Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 55 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


MATBUOT VA OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI XODIMLARI KUNI FARG’ONADA FAXRIY JURNALISTLARNI E'ZOZLASH BAYRAMIGA AYLANDI

×

 2023-06-26 16:54:52    527

PDF yuklash
Chop etish


Farg’ona shahridagi “Afrosiyob” tantanalar majmuasida 27 iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan viloyat ommaviy axborot vositalari xodimlari, noshirlar, matbaachilar, faxriy jurnalistlar, blogerlar hamda jamoat tashkilotlari vakillari ishtirokida viloyat bayram tadbiri o’tkazildi.

“Uch avlod uchrashuvi” tarzida o’tkazilib, faxriy jurnalistlarga ehtirom bayramiga aylangan tadbirda yosh va o’rta avlod jurnalistikasi vakillari bilan birga nafaqadagi ustoz-jurnalistlar, o’z umrini matbuot rivoji va jamiyatda so’z erkinligini mustahkamlashga bag’ishlagan soha jonkuyarlari ham ishtirok etdilar.

Tantanali tadbirni viloyat hokimi Xayrullo Bozorov ochib berdi va barcha OAV xodimlarini kasb bayramlari hamda yaqinlashib kelayotgan muqaddas Qurbon hayiti bilan samimiy tabrikladi.

Muhtaram Prezidentimizning sohaga alohida e'tiborlari natijasida yurtimizda Ommaviy axborot vositalari so’zda emas, amalda “to’rtinchi hokimiyat” darajasiga ko’tarilib borayotganini qayd etgan viloyat hokimi, Davlatimiz rahbarining “Ommaviy axborot vositalari – islohotlarimizning ko’zgusi, mening ishonchli kuchim” degan so’zlari, matbuot sohasi vakillarining bugungi islohotlardagi alohida o’rnini va rolini yaqqol ko’rsatib berishini ta'kidladi.

Viloyatimiz matbuotining tamal toshi Farg’ona taraqqiyparvarlarining peshqadam vakillari Obidjon Maxmudov va Ashurali Zohiriyning say'-harakatlari bilan 1914 yilda “Sadoyi Farg’ona” gazetasining chop etilishi bilan qo’yilganiga e'tibor qaratgan Xayrullo Bozorov, bugungi kunga kelib 66 ta bosma nashr, 5 ta telekanal, 3 ta radio, 6 ta internet axborot saytini o’zida jamlagan, jurnalistikasining boy tajribalari hamda zamonaviy tendentsiyalarni birlashtirgan kuchli media maydonga aylanganini qayd etdi.

Viloyat hokimi o’z so’zida Farg’onada Matbuot uyi tashkil etish masalasiga ham to’xtalib, kelgusi yil Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuniga Farg’onada zamonaviy, bugungi media makonining barcha talablariga mos Matbuot uyi ish boshlashini bildirdi.

Jamiyat taraqqiyotida, yoshlarni ezgu ishlarga undashda nuroniylarimizning, faxriy jurnalistlarimizning katta hayot tajribasi, maslahatlari o’ta muhim ekanini aytib o’tgan viloyat rahbari, o’z vaqtida bor kuch-g’ayrati, bilim va salohiyatini Vatanimiz ravnaqi, xalqimiz farovonligi uchun bag’ishlagan mo’'tabar faxriylarimizning yo’l-yo’riqlari bugungi kunda yelkasida eng mas'uliyatli vazifalarini ko’tarib turgan o’rta qatlam hamda ertangi kelajagimiz egasi bo’lgan yangi avlod uchun chinakam tarbiya maktabi bo’lishiga ishonch bildirdi.

Uzoq yillik ibratli faoliyati va hayot yo’li har bir alohida tajriba maktabi yaratgan ustoz jurnalistlar – 60 yil sohada fidokorona mehnat qilgan O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan jurnalist Doniyor Ergashev, Farg’ona radiosining faxri G’ulomjon Burhonov, Jurnalistlar uyushmasi viloyat bo’limi rahbari, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan jurnalist Muhammadjon Obidov, Ahmadali Xo’jayev, Shahzodaxon Sodiqova, Alisher Ibodinov kabi ko’plab matbuot fidoyilariga viloyat hokimining Faxriy yorliqlari va sovg’alari topshirildi.

El ardog’idagi taniqli san'atkorlar ishtirokidagi chiqishlar, kuy-qo’shiqlar tadbir qatnashchilariga yanada ko’tarinkilik ulashdi.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram