Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 86 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONA VILOYATI TIKUV-TRIKOTAJ SANOATI UCHUN MALAKALI KADRLAR TAYYORLASH BORASIDA GERMANIYA BILAN HAMKORLIK KENGAYTIRILADI

×

 2023-06-26 19:27:57    245

PDF yuklash
Chop etish


Bugun viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Germaniyaning “Teamdress Holding GmbH” kompaniyasi menejeri Birger Xorndalni hamda Germaniya xalqaro hamkorlik tashkilotining (GIZ) O’zbekistondagi vakolatxonasi vakili Mattias Klingenbergni qabul qildi.

Uchrashuvda Germaniya xalqaro hamkorlik tashkilotining O’zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan “Teamdress Holding GmbH” kompaniyasi bilan hamkorlikda Marg’ilondagi 2-son kasb-hunar maktabida o’quv jarayoni va ishlab chiqarish amaliyotini birgalikda olib borishga, ta'lim va ishlab chiqarish o’rtasidagi integratsiyani ta'minlashga qaratilgan dual ta'lim tizimi joriy etish loyihasi bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar jarayoni muhokama qilindi.

Evropada iqtisodiyotning turli sohalari xodimlari uchun ish kiyimlari yetkazib beruvchi yirik tuzilmalardan biri bo’lgan “Teamdress Holding GmbH” kompaniyasi turli mamlakatlarda joylashgan sanoat korxonalari, sog’liqni saqlash, o’t o’chirish, qutqaruv xizmatlari, umumiy ovqatlanish tarmog’i xodimlari, ishchilar va boshqa soha vakillari uchun maxsus kiyim ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalar tarmog’iga ega.

“Teamdress Holding GmbH” Farg’onadagi mavjud malakali ishchi kuchi va xorijiy investorlarga yaratilgan sharoitlardan kelib chiqib, 2022 yil yakunidan viloyatimizda o’z ishlab chiqarish korxonasini tashkil etishga kirishgan bo’lib, dastlabki sinov bosqichida 200 taga yaqin ish o’rni yaratiladigan ushbu korxona, keyinchalik yirik ishlab chiqarish majmuasiga aylantirilishi ko’zda tutilgan.

Birger Xorndal bugungi uchrashuvda Ekoshahar hududidagi kichik sanoat zonasiga joylashtirilgan ushbu korxonaning qurilish jarayonlari haqida ma'lumot berdi, joriy yil sentyabr oyidan boshlab o’quvchilar amaliyot o’tashga boshlashlarini bildirdi.

Farg’ona viloyati tikuv-trikotaj sohasi salohiyati yuqori ekaniga yana bir bor e'tibor qaratgan Xayrullo Bozorov, viloyatdagi tekstil korxonalarini malakali mutaxassislar bilan ta'minlash hamda bu orqali ishlab chiqarish jarayonlarining samaradorligini oshirish, mahsulot sifatini yuksaltirishga xizmat qiladigan bu loyihaning ahamiyatini ta'kidlab, GIZ va “Teamdress Holding GmbH” bilan boshqa yo’nalishlarda ham hamkorlik qilishga tayyor ekanliklarini bildirdi.

Uchrashuv yakunida Farg’ona viloyati to’qimachilik sanoati uchun malakali kadrlar tayyorlash bo’yicha uch tomonlama o’zaro anglashuv memorandumi ham imzolandi.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram