Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
FARG’ONADA ELEKTROMOBILSOZLIKNI KO’P TOMONLAMA RIVOJLANTIRISHDA XITOY XALQARO INVESTITSION KOMPANIYASI BILAN HAMKORLIK YO’LGA QO’YILISHI REJALASHTIRILMOQDA
2023-06-30 13:16:16 284
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Greenfield Capital Group xalqaro investitsion kompaniyasi rahbari Chjen Frank Syaotszyun boshchiligidagi xitoylik investorlar guruhini qabul qildi.
Uchrashuvda Farg’ona viloyatida elektromobilsozlikni ko’p tomonlama rivojlantirishda hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
Chjen Frank Syaotszyun viloyatimizda elektromobillar, elektrobuslar hamda ular uchun ehtiyot qismlar ishlab chiqarish, viloyat hududida elektromobillarga texnik xizmat ko’rsatish shaxobchalari tizimini barpo etish, quyosh panellari o’rnatilgan hamda ishlab chiqarilgan energiyani elektromobillarni quvvatlantirishga yo’naltiriladigan maxsus turargohlar tashkil etish, elektromobillar ijarasini yo’lga qo’yish kabi yo’nalishlardagi biznes loyihalarga sarmoya yo’naltirishga tayyor ekanliklarini bildirdi. Farg’ona shahridagi sobiq mexanika zavodi hududida joylashgan kichik sanoat zonasida elektromobillar yig’ish loyihasini amalga oshirayotgan “Central Asia Motors” korxonasi bilan ham hamkorlik borasida muzokaralar o’tkazilayotgani ma'lum qilindi.
Viloyat hududida elektromobilsozlikka ixtisoslashgan maxsus kichik sanoat zonasi tashkil etish, bu zonaga Xitoy kompaniyalarini jalb etgan holda elektromobilsozlik klasterini shakllantirish, joylashtiriladigan barcha loyihalarni quyosh energiyasi bilan to’la ishlashini yo’lga qo’yish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Viloyat hokimi taklif qilinayotgan investitsion loyihalarning viloyat iqtisodiyoti uchun, shuningdek, mamlakatimiz avtomobilsozlik sohasi uchun ahamiyati katta bo’lishini ta'kidlab, loyihalar to’la qo’llab-quvvatlanib, har tomonlama ko’mak berilishini bildirdi.
Shuningdek, Qo’qon va Quvasoy shaharlaridagi erkin iqtisodiy zonada yaratilgan sharoitlar hamda investorlar uchun qonun bilan taqdim etiladigan imtiyozlar haqida ma'lumot berildi.
Viloyatimizda elektromobil ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirishni rejalashtirayotgan Arnold Motor kompaniyasi vakillari viloyat rahbariga o’z loyihalarini taqdim etishdi.
Muloqot davomida muhokama qilingan masalalar bo’yicha hamkorlikda ish tashkil etishga kelishib olindi.
Uchrashuvda viloyat hokimining o’rinbosari Iqboljon Ergashev ham ishtirok etdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram