
Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

.
.
Saytni baholash
O’ZBEKISTON – BARCHAMIZ UCHUN YAGONA VATAN, YAGONA QALBDIR!

2023-07-03 09:57:51 314
Farg’ona viloyatida O’zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilinganining 31 yilligiga bag’ishlangan "O’zbekiston – barchamiz uchun yagona Vatan, yagona qalbdir!" shiori ostida madaniy-ma'rifiy tadbirlar bo’lib o’tmoqda.
Bugun Farg’ona shahri markaziy ko’chalari bo’ylab "Vatanparvar avtokarvoni" yo’lga chiqdi. Harbiylar orkestr sadolari ostida davlat bayrog’i bilan harakatlanib, yurtdoshlarimiz qalbida iftixor tuyg’ularini uyg’otdi.
Islom Karimov nomidagi viloyat teatr-kontsert saroyining old xiyobonida bayram tadbiri bo’lib o’tdi.
Tadbirda keng jamoatchilik vakillari, yoshlar ishtirok etdilar. Unda viloyat hokimi o’rinbosari Fayzullajon Qosimov so’z olib, O’zbekiston Respublikasi Davlat gerbining nafaqat davlat ramzi, balki millat iftixori sifatidagi yuksak ahamiyati xususida so’z yuritdi.
Bayram tadbirida vatan, tinchlikni madh etuvchi qo’shiqlar yangradi.







Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram