Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 127 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


MARG’ILON SHAHRIDA TASHKIL ETILGAN TUMANLARARO PERINATAL MARKAZI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

×

 2023-07-04 12:57:53    401

PDF yuklash
Chop etish


Marg’ilon shahar tibbiyot birlashmasining tug’ruq bo’limi negizida bir vaqtning o’zida 150 nafar tug’ruq yoshidagi ayollar uchun xizmat ko’rsatadigan tumanlararo perinatal markazi tantanali tadbir bilan foydalanishga topshirildi.

Ochilish tadbirida viloyat hokimining o’rinbosari Fayzullajon Qosimov, viloyat sog’liqni saqlash boshqarmasi boshlig’i Abduqayum To’xtaqulov, tibbiyot markazi vrach va hamshiralari, jamoatchilik vakillari qatnashdilar.

Tadbirda so’z olgan viloyat hokimining o’rinbosari Fayzullajon Qosimov bugun yurtimizda islohotlar har bir sohada davom etayotgani, lekin eng katta islohot tibbiyot sohasida amalga oshirilayotganligini qayd etdi. Ona va bola salomatligini ta'minlash masalasi davlat ijtimoiy siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan biri ekaniga e'tibor qaratgan viloyat hokimining o’rinbosari, bugun foydalanishga topshirilayotgan maskan ham bu borada muhim ahamiyat kasb etishini ta'kidladi.

Shundan so’ng faollar ishtirokida ramziy tasma qirqilib, mehmonlar tug’ruq kompleksida yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdilar.

Marg’ilon tumanlararo perinatal markazi Marg’ilon shahri, Toshloq, Qo’shtepa, Rishton va Yozyovon tumanlaridagi yuqori malakali tibbiy xizmat olishga muhtoj homilador, tug’uvchi ayollar va chaqaloqlarga perinatal tibbiy xizmat ko’rsatadi.

Tug’ruq kompleksini rekonstruktsiya qilish, moddiy-texnika bazasini yaxshilash uchun jami 9,2 milliard so’m mablag’ sarflandi. Ushbu binoda 6 o’rinli chaqaloqlar reanimatsiyasi bo’limi ham joy oldi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 29 iyulda qabul qilingan “Sog’liqni saqlash sohasida ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko’rsatish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarorida viloyat hokimliklari bilan birgalikda 2022 yil 1 yanvardan boshlab bosqichma-bosqich Respublikada 46 ta tuman (shahar) tibbiyot birlashmalarining tug’ruq bo’limlari negizida tumanlararo perinatal markazlarini tashkil etish belgilangan. Jumladan, viloyatimizda 3 ta – Qo’qon, Marg’ilon shaharlari tug’ruq komplekslari va Beshariq tumani tibbiyot birlashmasining tug’ruq bo’limi negizida tumanlararo perinatal markazlari tashkil etildi.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram