Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
ELYORBEK ASRONKULOV IJTIMOIY HIMOYA MILLIY AGENTLIGINING FARG’ONA VILOYATI BOSHQARMASI BOSHLIG’I ETIB TAYINLANDI
2023-07-04 18:55:28 1323
Byudjetdan tashqari pensiya jamg’armasi Farg’ona viloyat boshqarmasi boshlig’i bo’lib ishlab kelgan Asronkulov Elyorbek Madaminovich O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining Farg’ona viloyati boshqarmasi boshlig’i lavozimiga tayinlandi. Viloyatdagi ijtimoiy xizmatlar ko’rsatish tizimiga kiruvchi tashkilotlar vakillari, soha mutasaddilari hamda tegishli viloyat mas'ullari ishtirokida bugun viloyat hokimligida bo’lib o’tgan yig’ilishda Elyorbek Asronkulov jamoatchilikka tanishtirildi. Yig’ilishda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining o’rinbosari Muxtorxon Toshxo’jayev ishtirok etdilar.
Elyorbek Asronkulov 1985 yilda Bag’dod tumanida tug’ilgan. Farg’ona politexnika institutini iqtisodchi mutaxassisligi bilan tamomlagan. Mehnat faoliyatini 2011 yilda Pensiya jamg’armasi Bag’dod tumani bo’limi inspektori vazifasida boshlagan. Byudjetdan tashqari pensiya jamg’armasi Farg’ona viloyat boshqarmasida bo’lim boshlig’i, boshqarma boshlig’i o’rinbosari lavozimlarida ishlagan. 2019-2020 yillarda Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi Ijro etuvchi apparatida faoliyat olib borgan. 2020 yil sentyabrdan hozirga qadar Byudjetdan tashqari pensiya jamg’armasi Farg’ona viloyat boshqarmasi boshlig’i bo’lib ishlab kelayotgandi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram