Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
“OQ YO’L SENGA, BITIRUVCHI”: FARG’ONADAGI IMKONIYATLARI CHEKLANGAN SHAXSLAR UCHUN IXTISOSLASHTIRILGAN KASB-HUNAR MAKTABINI BU YIL 170 NAFAR O’QUVCHI TAMOMLADI
2023-07-05 13:35:05 349
Bugun Farg’onadagi imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan kasb-hunar maktabida “Oq yo’l senga, bitiruvchi” nomli tadbir o’tkazildi.
Maktabning 170 nafar bitiruvchilariga diplom topshirish tadbirida Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirining o’rinbosari Sarvar Buzrukxonov, Farg’ona, Andijon va Namangan viloyatlari Kambag’allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmalari mas'ullari, mutasaddi tashkilot va muassasalar rahbarlari, bitiruvchilarning ota-onalari, ustozlar ishtirok etdilar.
So’z olganlar Davlatimiz rahbarining katta e'tiborlari va g’amxo’rliklari natijasida bilim va kasb-hunarlarni egallash imkoniyatiga ega bo’lgan yoshlarimizning mustaqil hayotda ham o’z o’rinlarini topib, davlatga, jamiyatga nafi tegadigan mutaxassislar bo’lib yetishishlariga umid bildirib, bitiruvchilarning kelgusi ishlarida omad va zafarlar tiladilar.
Farg’ona politexnika instituti, Farg’ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti rahbariyati tomonidan o’qish istagida bo’lgan bitiruvchi yoshlarga berilgan imtiyozlar haqida ham tushunchalar berildi.
Tadbir davomida faol bitiruvchilar hamda ularning ustozlariga faxriy yorliq, tashakkurnoma va esdalik sovg’alari topshirildi. Maktab kutubxonasi uchun kitoblar jamlanmasi ham berildi.
Bitiruv kechasida so’z olgan ota-onalar ham avvalo yoshlarga e'tibor, shunday sharoit yaratib berilayotganligi uchun Prezidentimizga minnatdorlik bildirdilar. Bilim bergan ustozlariga tashakkur aytdilar.
Farg’ona imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan kasb-hunar maktabida 2022-2023 o’quv yilida jami 382 nafar o’quvchilar 8 ta kasb bo’yicha tahsil oldi. Bundan 213 nafar 1-bosqich, 170 nafar 2-bosqich bitiruvchi kurs o’quvchilarini tashkil etadi. Kasb-hunar maktabida respublikaning 8 ta viloyatidan kelgan imkoniyati cheklangan o’quvchilar tahsil olmoqda.
Bu yilgi o’quv yilida jami 170 nafar o’quvchilar kasb-hunar maktabini tamomlab, o’z mutaxassisliklari bo’yicha davlat namunasidagi diplom olib, o’z yashash hududlarida ish yoki tadbirkorlik faoliyati bilan davom ettiradi.
Shu kuni Farg’ona, Andijon va Namangan viloyatlari Kambag’allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmalari mas'ullari tomonidan bitiruvchilar uchun mavjud kvotalangan ish o’rinlari bilan tanishtirilib, tushunchalar berildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram