Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
FURQAT TUMANIDA G’ALLACHILIK KLASTERINING YANGI UN ISHLAB CHIQARISH KORXONASI ISH BOSHLADI
2023-07-05 16:37:14 284
Furqat tumanining Navbahor MFY hududidagi “Temiryo’lchi” kichik sanoat zonasida “Mastona bo’stoni” MChJ tоmonidan barpo etilgan un ishlab chiqarish korxonasi tantanali tadbir bilan ishga tushirildi. Ochilish marosimida viloyat hokimining o’rinbosari Iqboljon Ergashev ishtirok etdi.
Davlatimiz rahbarining tashabbuslari bilan mamlakatimizda qishloq xo’jaligi sohasida ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish, qulay agrobiznes muhitini va yuqori qo’shilgan qiymat zanjirini yaratish maqsadida tashkil etilgan g’allachilik klasterlari qatoridagi “Furqat don klasteri” tizimida bo’lgan yangi korxonaning loyiha qiymati 4,4 million dollar bo’lib, u tadbirkorning o’z mablag’lari hisobidan 2 bosqichda amalga oshirildi. Dastlab 54 ta yangi ish o’rni yaratilgan bo’lsa, ayni kunda doimiy ish o’rinlari soni 105 taga yetdi.
Korxona Turkiyaning zamonaviy texnologiyalari bilan jihozlangan bo’lib, yillik ishlab chiqarish quvvati 45 ming tonnani tashkil etadi. Hozirda mahsulotlar asosan ichki bozorga chiqarilmoqda va ishlab chiqarish yanada kengaytirilib, qariyb 3 million dollarlik eksportni yo’lga qo’yish maqsad qilingan. Korxona qoshida urug’chilik yo’nalishida ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini rivojlantirish uchun urug’chilik mini zavodi ham joy olgan.
Tadbirda so’z olganlar tomonidan yurtimizda yaratilayotgan qulay ishbilarmonlik muhiti tufayli farg’onalik tadbirkorlar ham faollik va tashabbuskorlik ko’rsatayotgani alohida qayd etildi.
Keng jamoatchilik va nuroniylar ishtirokida ramziy tugma bosilib, yangi korxona ishga tushirildi va mehmonlar bu yerdagi ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar.
Navbatdagi bosqichda korxonaga yondosh 1 gektar hududda Germaniya texnologiyalaridan foydalangan holda asosan konditer mahsulotlari ishlab chiqarishda qo’llaniladigan kleykovina ishlab chiqarish, shuningdek, spirt ishlab chiqarish korxonalarini tashkil etish bo’yicha amalga oshirishga kirishilayotgan, umumiy qiymati 62 milliard so’m bo’lgan loyiha taqdimoti ham o’tkazildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram