
Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

.
.
Saytni baholash
ASADXO’JA MO’YDINXO’JAYEV TAILANDDA BO’LIB O’TADIGAN XALQARO BOKS ASSOTSIATSIYASINING (IBA) "CHEMPIONLAR OQSHOMI" TURNIRIDA RINGGA KO’TARILADI

2023-07-05 17:10:42 272
15 iyul kuni Tailandning Puket shahrida boks bo’yicha "Chempionlar oqshomi" turniri tashkil etiladi. Professional boks qoidalariga ko’ra o’tadigan yettita jangda dunyoning eng kuchli bokschilari (ayollar ikkita vaznda va erkaklar beshta vaznda) chempionlar chempioni bo’lish uchun bellashadilar. Janglar 3 daqiqadan 5 raund davom etadi.
O’zbekiston, Kuba, Qozog’iston, Rossiya, Ispaniya kabi mamlakatlarning charm qo’lqop ustalari ishtirok etadigan turnirda uch nafar o’zbek bokschisi, shu jumladan, Farg’ona viloyati vakili, rishtonlik jahon chempioni Asadxo’ja Mo’ydinxo’jayev ham ringga chiqadi. Asadxo’jaga qozog’istonlik charm qo’lqop ustasi, jahon chempionati kumush medali sohibi Dulat Bekbauov raqib bo’ladi. Yurtimiz bokschilaridan Olimpiada va jahon chempioni Hasanboy Do’smatov hamda JCh ishtirokchisi, bir qator xalqaro turnirlar g’olibi Mujibillo Tursunov ham ishtirokchilar qatoridan o’rin olishgan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram