Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 142 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


RESPUBLIKA SHOSHILINCH TIBBIY YORDAM ILMIY MARKAZI FARG’ONA FILIALINING YANGI BINOSI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

×

 2023-07-07 15:06:45    1703

PDF yuklash
Chop etish


Bugun Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Farg’ona filialining mukammal ta'mirdan chiqarilgan 7 qavatli davolash binosi hamda yangi qurib bitkazilgan qabul-diagnostika binosi tantanali tadbir bilan foydalanishga topshirildi.

Tadbirda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bosh direktori Davron Tulyaganov ishtirok etdilar.

Tadbirda so’z olgan viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, sog’liqni saqlash tizimini rivojlantirish bugungi O’zbekiston siyosatida ustuvorlik kasb etayotganiga e'tibor qaratib, Prezidentimizning davlat rahbari bo’lib ish boshlagan ilk kunlardanoq aholi salomatligini mustahkamlash va tibbiy xizmat sifatini yuksaltirish masalasi alohida e'tibor markazida bo’lib kelayotganini qayd etdi.

Qisqa muddatda – bir yil davomida 32 mlrd. so’m sarflanib amalga oshirilgan qurilish va rekonstruktsiya ishlari natijasida muassasada bir sutkada bemor qabul quvvati 150 tadan 400 taga yetkazilganini aytib o’tgan viloyat hokimi, tibbiy xizmat ko’rsatish sifatini yaxshilash bo’yicha amalga oshirilayotgan muhim o’zgarishlardan aholi mamnun ekanini ta'kidladi.

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bosh direktori Davron Tulyaganov Farg’onada aholiga tibbiy xizmat ko’rsatish yuqori darajaga ko’tarilganini qayd etib, Markaz tomonidan filialni jihozlash uchun 3,6 mln. dollarlik, viloyatdagi tumanlararo qo’shma shikastlanishlar va o’tkir qon-tomir kasalliklari markazlarining har biriga 1 mln. dollarlik yuqori texnologik tibbiy texnikalar ajratilishini e'lon qildi.

Filialda yangi qurib bitkazilgan, bemorlarni kasallikning og’irlik darajasi bo’yicha taqsimlaydigan (triaj) tun-u kun ishlaydigan shoshilinch qabul bo’limida aholiga zamonaviy shoshilinch tez tibbiy yordam ko’rsatish maqsadida og’ir bemorlar uchun alohida qizil yo’lak, shoshilinch yordamga muhtoj bemorlar uchun sariq yo’lak va ambulator yordam ko’rsatish uchun yashil yo’laklar tashkil etildi.

Bemorlarga davolash diagnostika standartlari bo’yicha shoshilinch tibbiy yordam ko’rsatish uchun alohida shok zali, kichik operatsiya xonasi, muolaja xonasi, bolalarga yordam ko’rsatish xonasi, travmatolog, neyroxirurg, xirurg, LOR, terapevt, laboratoriya va boshqa tor doiradagi mutaxassislar uchun alohida xonalar, to’g’ri tashxis qo’yish va to’g’ri davolash ishlari olib borish uchun alohida funktsional diagnostika bo’limi tashkil etildi.

Eng asosiysi, mazkur muassasa zamonaviy tibbiy jihozlar bilan jihozlanishi natijasida 60 turdagi yuqori texnologik laparoskopik, torakoskopik va endovaskulyar jarrohlik amaliyotlari, davolash usullari tadbiq qilinib, yuqori texnologik operatsiyalar amalga oshirish imkoniyati yaratildi.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram