Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
O’ZBEKISTON-TURKIYA PARLAMENTLARARO DO’STLIK GURUHI HAMRAISI OSMAN MESTEN BILAN UCHRASHUV BO’LIB O’TDI
2023-07-08 20:55:38 598
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov O’zbekiston-Turkiya parlamentlararo do’stlik guruhi hamraisi, Turkiya Buyuk millat majlisi deputati Osman Mestenni qabul qildi.
Uchrashuvda Farg’ona viloyati hamda Turkiya viloyatlari o’rtasida hududlararo investitsiyaviy, savdo-iqtisodiy, ijtimoiy sohalardagi hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Xayrullo Bozorov yaqinda bo’lib o’tgan Turkiya Buyuk millat majlisiga saylovlarda Bursa viloyatidan deputat etib saylangan hamda kelgusi besh yilda O’zbekiston-Turkiya parlamentlararo do’stlik guruhi hamraisligini davom ettiradigan Osman Mestenni tabriklab, ikki tomonlama o’zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirishda parlamentlararo aloqalarni yanada chuqurlashtirish yo’lidagi ishlarida muvaffaqiyatlar tiladi.
Uchrashuvda ikki mamlakat rahbarlarining do’stona munosabatlari va siyosiy irodalari davlatlarimiz o’rtasida barcha sohalardagi aloqalarni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqqani hamda o’zaro hamkorlikning jadallashishiga omil bo’lgani alohida qayd etildi. Yaratilayotgan sharoitlar natijasida hamkorlik ko’lamini yanada kengaytirish imkoniyati mavjudligi ta'kidlandi.
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov boshchiligidagi delegatsiyaning 2022 yilda Turkiyaning Bursa viloyatiga amaliy tashrifi doirasida erishilgan kelishuvlar izchil hayotga tadbiq etilayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Uchrashuvda viloyat hokimining o’rinbosari Iqboljon Ergashev ham ishtirok etdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram