Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
FARG’ONA VILOYATI SOG’LIQNI SAQLASH BOSHQARMASI HAMDA FARG’ONA JAMOAT SALOMATLIGI TIBBIYOT INSTITUTI VA GERMANIYANING MANGEYM UNIVERSITETI KLINIKASI O’RTASIDA HAMKORLIK BITIMLARI IMZOLANDI
2023-07-09 15:04:45 500
Bugun Germaniyaning Mangeym universiteti klinikasi rahbari Freddi Bergmanning Farg’ona jamoat salomatligi tibbiyot institutiga tashrifi chog’ida viloyat sog’liqni saqlash boshqarmasi hamda Farg’ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti va Mangeym universiteti klinikasi o’rtasida hamkorlik bitimlari imzolandi.
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov boshchiligidagi Farg’ona viloyati delegatsiyasining 2022 yil 25-30 iyul kunlari bo’lib o’tgan Germaniya va Avstriyaga tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarning amaliy natijasi bo’lgan ushbu bitimlar, viloyat tibbiyot tizimini rivojlantirishda Germaniyaning ilg’or tajribasini joriy qilish, viloyat sog’liqni saqlash tizimini raqamlashtirish, farg’onalik shifokorlarning Germaniyada malaka oshirish va tajriba almashinishlarini yo’lga qo’yish, Farg’ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti hamda Mangeym universiteti o’rtasida viloyatimizda qo’shma ta'lim dasturlarini yo’lga qo’yish, talabalar va professor-o’qituvchilar almashinuvi, qo’shma ilmiy anjumanlar va qo’shma tadqiqotlar o’tkazish kabi ko’p tomonlama hamkorlikni nazarda tutadi.
Hujjatlarni viloyat sog’liqni saqlash boshqarmasi boshlig’i Abduqayum To’xtaqulov, Farg’ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti rektori Akmal Sidiqov, Mangeym universiteti klinikasi rahbari Freddi Bergmann imzoladilar.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram