Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< SENTYABR 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 71 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONA SHAHRI VA YEKATERINBURG O’RTASIDA HAMKORLIKNI YO’LGA QO’YISH BO’YICHA KELISHUV BAYONNOMASI IMZOLANDI

×

 2023-07-10 19:59:44    590

PDF yuklash
Chop etish


Bugun Rossiyaning Sverdlovsk viloyati markazi YEkaterinburg shahrida “Barqaror sanoat: Yangilash strategiyalari” mavzusida ish boshlagan “Innoprom” xalqaro sanoat ko’rgazmasi tadbirlari doirasida Farg’ona shahri va YEkaterinburg o’rtasida hamkorlikni yo’lga qo’yish bo’yicha kelishuv bayonnomasi imzolandi. 

Farg’ona shahar hokimining o’rinbosari Abdug’ani Arabboyev va YEkaterinburg shahar meri Aleksey Orlov tomonidan imzolangan bayonnoma, ikki shahar o’rtasida savdo-iqtisodiy, investitsiyalar, ta'lim, yoshlar siyosati, sport, turizm, madaniyat va boshqa sohalarda keng ko’lamli hamkorlikni ko’zda tutadi.

Kelishuv doirasida shuningdek, ikki shahar vakillari tomonlar hududida o’tkaziladigan yarmarka va ko’rgazmalarda o’zaro ishtirok etish, shahar xo’jaligining boshqaruvi, shaharsozlik hamda infratuzilmalarning rejalashtirilishi borasida o’zaro tajriba almashish, qo’shma festivallar, madaniyat kunlari, kontsertlar tashkil etish, doimiy ravishda talabalar hamda ilmiy-pedagogik xodimlar almashinuvini yo’lga qo’yish kabi hamkorlik masalalari ham o’rin olgan. 

35 ta mamlakatdan 700 dan ziyod kompaniyalar ishtirokida bo’lib o’tayotgan “Innoprom” xalqaro sanoat ko’rgazmasida Farg’ona viloyati tadbirkorlari ham alohida stend bilan ishtirok etishmoqda. Ko’rgazma ochilish tadbirida Rossiya Bosh vaziri Mixail Mishustin ishtirok etdi.





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram