Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
EKSKLAV HUDUD – CHO’NG’ARADA SAYYOR QABUL TASHKIL ETILDI
2023-07-13 18:43:09 215
Viloyat adliya boshqarmasi, Rishton tumani hokimligi va 10 dan ortiq tashkilotlar mas'ullari tomonidan o’tkazilgan sayyor qabulda 150 nafardan ziyod fuqarolarning 80 ga yaqin murojaatlari o’rganildi. Bir yarim mingga yaqin ko’p millatli aholi istiqomat qiladigan Cho’ngara qishlog’i Rishton tumanining eksklav hududi. Uning chor tarafi Qirg’iziston sarhadlari bilan tutashib ketgan.
Sayyor qabul davomida xorijga chiqish pasportini rasmiylashtirish, onlayn davlat xizmatlari va yuridik xizmatlar ko’rsatish, ID karta olish, notarial harakatlar, uy-joy, kommunal, moddiy yordam olish, pensiya va boshqa masalalar o’rganildi.
Jumladan, xorijga chiqish pasportini rasmiylashtirish bo’yicha 26 ta, haydovchilik guvohnomasini yangisiga almashtirish bo’yicha 5 ta, notarial harakatlarni amalga oshirish bo’yicha 6 ta, biometrik pasport o’rniga ID karta olish bo’yicha 3 ta xizmat ko’rsatildi. Shuningdek, tegishliligi bo’yicha 31 ta murojaat viloyat adliya boshqarmasi ish yurituviga olindi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram