Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 73 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


“MARKAZIY FARG’ONA” GAZETASI - 70 YOSHDA

×

 2023-07-15 19:16:04    347

PDF yuklash
Chop etish


Bugun Yozyovon tumanidagi “Abu Dhabi” majmuasida Yozyovon tumani hokimligining nashri bo’lgan "Markaziy Farg’ona" gazetasi tashkil etilganligining 70 yilligi munosabati bilan tadbir tashkil etildi.

Yubiley kechasida viloyat hokimining o’rinbosari Hurshidjon Ahmedov so’z olib, “Markaziy Farg’ona” gazetasi tahririyati jurnalistlarining zahmatli mehnatlarini alohida e'tirof etdi, uzoq yillardan buyon gazetaga bosh muharrirlik qilib kelayotgan, qutlug’ 60 yoshni qarshi olgan Azimjon Xudoyqulovga ham minnatdorchilik bildirib, viloyat hokimining faxriy yorlig’i, esdalik sovg’alarini topshirdi.

Tadbirda so’z olgan faxriy jurnalistlar ham gazetaning faoliyati haqida so’z yuritib, u tumanning o’ziga xos ko’zgusi ekanligini ta'kidladilar.

Shu kuni jurnalistika sohasi fidoyilari bir piyola choy ustida dildan suhbatlashdilar. Kuy-qo’shiqlar, raqslarga ulandi.

Yozyovon tumani hokimligining nashri bo’lgan “Markaziy Farg’ona” gazetasi 1953 yil 9 iyuldan chop etila boshlangan. Dastlab “Kolxozchi” nomi bilan chiqqan tuman gazetasining dastlabki sonlari A-3 hajmda 1500 nusxada chop etilgan. 1982 yil 1 martdan “Markaziy Farg’ona” nomi bilan gazetaning birinchi soni nashrdan chiqdi.

2010 yil gazetaga jurnalist Azimjon Xudoyqulov muharrir etib tayinlandi. U gazetani har tomonlama rivojlantirishga erishdi. Gazeta tahririyati zamonga moslashib, ijtimoiy tarmoqlarda o’z veb-sayti, telegram kanali, feysbuk va instagramda sahifalarini tashkil etdi.

Bugungi kunda gazeta va uning muassisi o’rtasida mustahkam aloqa o’rnatilgan. Yana bir quvonchli tomoni, tuman hokimligining e'tibori bilan 2021 yil 27 aprelda tahririyat o’zining yangi binosiga ega bo’ldi. Zamonaviy moddiy-texnik jihozlar, aparaturalar olib berildi.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram