Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
2023 YILNING YANVAR-IYUN OYLARIDA FARG’ONA VILOYATIGA JAMI 22 TA MAMLAKATDAN 436,6 MLN. DOLLAR MIQDORIDA TO’G’RIDAN TO’G’RI XORIJIY INVESTITSIYALAR JALB QILINDI
2023-07-17 15:53:39 301
Farg’ona viloyatida 2023 yilning yanvar-iyun oylarida o’zlashtirilgan to’g’ridan to’g’ri xorijiy investitsiyalarning umumiy hajmi 436,6 mln. dollarni tashkil etdi. Bu ko’rsatkich bilan viloyatimiz Respublika hududlari o’rtasida Toshkent shahridan so’ng ikkinchi o’rinni qayd etdi.
O’tgan 6 oy davomida viloyat iqtisodiyotiga investitsiyalar kiritish bo’yicha Xitoy (160,1 mln. dollar), Rossiya Federatsiyasi (98,8 mln. dollar), Janubiy Koreya (37,1 mln. dollar), Singapur (35,5 mln. dollar), Shveytsariya (21,2 mln. dollar) davlatlari yetakchilik qildi, 2023 yilning yanvar-iyun oylarida jami 22 ta mamlakatdan to’g’ridan to’g’ri investitsiyalar jalb qilindi.
Kiritilgan investitsiyalarning asosiy qismi to’qimachilik, neft va gaz, qurilish materiallari ishlab chiqarish, elektrotexnika sanoati, xizmat ko’rsatish sohalaridagi investitsiya loyihalarini amalga oshirishga qaratilgan.
Bugungi kunga kelib Farg’ona viloyatiga investitsiya kiritgan mamlakatlarning umumiy soni 44 taga, investitsiya kiritilgan korxonalar soni 180 taga yetdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram