Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 73 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


QOZOG’ISTONLIK FERMERLAR VA MUTAXASSISLAR GLOBAL TEXTILE PAXTA-TO’QIMACHILIK KLASTERINING ILG’OR QISHLOQ XO’JALIGI TEXNOLOGIYALARI HAMDA ZAMONAVIY ISHLAB CHIQARISH KORXONALARI BILAN TANISHISH UCHUN FARG’ONADA BO’LDILAR

×

 2023-07-17 18:54:34    505

PDF yuklash
Chop etish


Qozog’istonning Turkiston viloyatida tashkil etilgan Global Textile Turkestan paxta-to’qimachilik klasteri bilan shartnoma asosida hamkorlik qilayotgan fermer xo’jaliklari rahbarlari, klaster joylashgan Maktaaral tumani mahalliy hokimiyati mutasaddilari, tumandagi qishloq okruglari oqsoqollari, qishloq xo’jaligi sohasi mutaxassislaridan iborat delegatsiya viloyatimizda bo’lib, Global Textile paxta-to’qimachilik klasterining ilg’or qishloq xo’jaligi texnologiyalari hamda zamonaviy ishlab chiqarish korxonalari bilan tanishdilar.

Innovatsion texnologiya va ishlanmalarni tadbiq etib, minglab yangi ish o’rinlarini yaratayotgan mamlakatimizdagi yetakchi to’qimachilik kompaniyalaridan biri – “Global textile” MChJ tomonidan joriy yilda ishga tushirilgan Global Textile Turkestan paxta-to’qimachilik klasteri, paxta yetishtirishdan tayyor mahsulotgacha bo’lgan jarayonni qamrab oluvchi ishlab chiqarish zanjirini tashkil etish bo’yicha O’zbekiston tajribasini Qozog’istonda ilk bor tadbiq etmoqda.

Mehmonlar dastlab Global textile paxta dalalarida bo’lib, qishloq xo’jaligida qo’llanilayotgan ilg’or texnologiyalar haqida batafsil ma'lumotga ega bo’ldilar. Joriy etilgan tomchilatib sug’orish tizimi, zararkunandalarga qarshi kurashda biovositalar, ya'ni foydali hasharotlar entomofaglarni qo’llash jarayonlarini ko’zdan kechirdilar, dala ishlarini tashkil etishda foydalanilayotgan Planado hamda ekin maydonlarini samarali nazorat qilishda qo’llanilayotgan Crop Monitoring dasturlarining imkoniyatlari bilan tashishdilar.

Qozog’istonlik mehmonlar Global Textile tomonidan viloyatimizda amalga oshirilgan ikki yirik investitsion loyiha – paxta yetishtirish va uni qayta ishlashning to’liq jarayonini qamragan Fergana Global Textile va Global textile infinity korxonalarini ham borib ko’rdilar. Zamonaviy ishlab chiqarish uskunalari, sifat laboratoriyasi bilan tanishdilar, ishlab chiqarishda joriy etilgan energiya tejamkor texnologiyalarni ko’zdan kechirdilar.








Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram