Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Iyul 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 53 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


VILOYAT HOKIMLIGIDA YEVROPA ITTIFOQINING O’ZBEKISTONDAGI ELCHISI SHARLOTTA ADRIAN BILAN UCHRASHUV BO’LIB O’TDI

×

 2023-07-18 18:05:54    422

PDF yuklash
Chop etish


Bugun viloyat hokimligida elchi, YEvropa Ittifoqining mamlakatimizdagi delegatsiyasi rahbari Sharlotta Adrian bilan uchrashuv bo’lib o’tdi. Viloyat hokimining o’rinbosarlari Fayzullajon Qosimov va Komila Kavlanova ishtirokida o’tkazilgan uchrashuvda O’zbekiston va YEvropa Ittifoqi o’rtasidagi izchil rivojlanib borayotgan munosabatlarning bugungi bosqichida Farg’ona viloyatidagi istiqbolli hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Davlat xizmatlarini raqamlashtirish, “yashil” energetikani joriy etish, “aqlli” qishloq xo’jaligini rivojlantirish yo’nalishlarida YEvropa Ittifoqi bilan hamkorlikda yurtimizda amalga oshirilayotgan loyihalarni Farg’ona viloyatida ham tadbiq ko’lamini kengaytirish yuzasidan fikr almashildi.

Muloqot chog’ida Sharlotta Adrianga Farg’ona viloyatining ijtimoiy-iqtisodiy, investitsion, ta'lim, madaniy-gumanitar sohalardagi ko’rsatkichlari hamda viloyatning o’ziga xos xususiyatlari haqida batafsil ma'lumot berildi. Viloyatimizda xotin-qizlarni va oilani qo’llab-quvvatlash, ayollar tadbirkorligini rivojlantirish bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlarga to’xtalib o’tildi, xotin-qizlarning jamiyatdagi ijtimoiy faolligi qayd etildi.

So’nggi yillarda Farg’ona viloyatining xorijiy davlatlar bilan to’g’ridan to’g’ri hamkorlik aloqalari kengayib borayotgani, YEvropaning rivojlangan davlatlari bilan ham o’zaro manfaatli munosabatlar yo’lga qo’yilayotgani ma'lum qilindi. Buning natijasida viloyatimizga jalb qilinayotgan xorijiy investitsiyalarning hajmi yillik bir milliard dollardan oshayotgani ta'kidlandi.

Farg’ona viloyatining investitsion salohiyati yuqori ekani, kimyo sanoati, tekstil, qishloq xo’jaligi, meva-sabzavot yetishtirish va qayta ishlash kabi sohalarning viloyatimiz iqtisodiyotida katta o’rin tutishi muloqot chog’ida alohida qayd etilib, Farg’ona viloyati mahsulotlarining YEvropaga eksportini ko’paytirish uchun YEvropa Ittifoqining barqaror rivojlanish va samarali boshqaruv bo’yicha maxsus preferentsiyalar tizimi (GSP+) salohiyatidan yanada kengroq foydalanish bo’yicha fikr almashildi.

Uchrashuvda viloyatimizda ta'lim sohasida erishilayotgan yutuqlar, zamonaviy kasbiy ta'limlarni chet tili bilan birga o’rgatish bo’yicha yo’lga qo’yilgan Farg’ona tajribasi haqida so’z yuritildi, Erasmus dasturi orqali viloyatimizdagi 14 ta oliy ta'lim muassasalari talabalarining YEvropada ta'lim olishlarini yanada kengaytirish bo’yicha hamfikrlilikka borildi.






Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram