Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 74 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONA, BATKEN HAMDA SO’G’D VILOYATLARI RAHBARLARINING MINTAQAVIY UCHRASHUVI DOIRASIDA QIRG’IZISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI RAISI AKILBEK JAPAROV BILAN UCHRASHUV BO’LIB O’TDI

×

 2023-07-18 20:01:20    685

PDF yuklash
Chop etish


Qirg’izistonning Cho’lpon-ota shahrida bo’lib o’tayotgan Farg’ona, Qirg’izistonning Batken hamda Tojikistonning So’g’d viloyatlari rahbarlarining mintaqaviy uchrashuvi doirasida Qirg’iziston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi raisi, Prezident Administratsiyasi rahbari Akilbek Japarov bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.

Muloqot chog’ida chegaradosh viloyatlar o’rtasida hududlararo savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, ijtimoiy sohalarda hamkorlikni rivojlantirish, savdo hajmini yanada oshirish va o’zaro mahsulot yetkazib berish nomenklaturasini kengaytirish, yangi qo’shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuvda Akilbek Japarov boshchiligidagi delegatsiyaning joriy yil mart oyida Farg’ona viloyatiga tashrifi chog’ida muhokama qilingan hamkorlik yo’nalishlari bo’yicha amalga oshirishga kirishilgan ishlar yuzasidan ham fikr almashildi.

Bugun shuningdek, Farg’ona va Batken viloyatlari hamda Farg’ona va So’g’d viloyatlari rahbarlari boshchiligidagi delegatsiyalarning tor doiradagi uchrashuvlari bo’lib o’tdi.

Muloqotlar chog’ida O’zbekiston, Qirg’iziston va Tojikiston rahbarlarining so’nggi yillardagi oliy darajadagi uchrashuvlari doirasida erishilgan kelishuvlar o’zaro manfaatli hamkorliklarni yanada mustahkamlab, chegaraoldi viloyatlar o’rtasidagi do’stlik, yaxshi qo’shnichilik va o’zaro ishonchga asoslangan keng ko’lamli aloqalarni yangi bosqichga ko’targani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov boshchiligidagi Farg’ona viloyati delegatsiyasining Batken viloyati gubernatori Abdikarim Alimbayev boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuvi asosiy kun tartibidan savdo-iqtisodiy sohalardagi hamkorlikni yanada kengaytirish, qo’shma investitsion loyihalarni amalga oshirish kabi masalalar o’rin oldi. Hozirda ishlab chiqilgan umumiy qiymati 13,5 mln. dollarlik 8 ta qo’shma loyihani joriy yil avgust oyidan amalga oshirishga boshlanishi kelishib olindi.

Farg’ona viloyatining Batken bilan chegaradosh tumanlarida mavjud chegaraoldi masalalari muhokama qilindi va ularni hamkorlikda hal etish belgilab olindi. Uchrashuvlarda har ikki viloyatning chegaraoldi tumanlari hokimlari ham ishtirok etdilar.

So’g’d viloyati raisi Rajabboy Ahmadzoda boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuvda ikki viloyat ishbilarmon doiralari o’rtasidagi aloqalarni faollashtirish, birgalikda xorijiy investitsiyalarni jalb etish, tabiiy resurslardan hamkorlikda foydalanish, Beshariq tumanida Tojikiston bilan chegaradagi “Andarxon” nazorat-o’tkazish punkti yonidagi maydonda barpo etilayotgan “Qo’qon” erkin iqtisodiy zonasiga bog’liq Savdo-logistika markazi qurilishini jadallashtirish, paxta yetishtirishdan tayyor mahsulotgacha bo’lgan jarayonni qamrab olgan paxta-to’qimachilik klasteri tashkil etish bo’yicha O’zbekiston tajribasini So’g’d viloyatida yo’lga qo’yish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuvlar chog’ida erishilgan kelishuvlar bo’yicha amalga oshiriladigan birinchi navbatdagi aniq chora-tadbirlarning “Yo’l xaritasi”ni ishlab chiqish va bir hafta muddatda tasdiqlashga kelishib olindi.






Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram