Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 90 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


BINO VA INSHOOTLAR MAKTABLAR BALANSIGA QAYTARILDI

×

 2023-07-19 09:22:17    324

PDF yuklash
Chop etish


Qo’qon shahar hokimining 2019 yil 20 iyundagi “Shahrimizdagi ayrim umumta'lim o’rta maktablarining foydalanilmayotgan binolari hamda samarasiz holatdagi yer maydonlarini shahar hokimligi balansiga qabul qilish to’g’risida”gi 746-sonli qarori bilan, shahardagi ayrim maktablarning bino va yer maydonlari shahar hokimligi balansiga qabul qilingan.

O’tgan 2022 yilda viloyat hokimligi ishchi guruhi tomonidan o’tkazilgan o’rganishlar natijasida ushbu qaror bilan amalga oshirilgan amaliyot, mavjud qonunchilikka zid ekani aniqlangan hamda 2022 yil 15 noyabrda Qo’qon shahar hokimining qarorini bekor qilish bo’yicha viloyat hokimining tegishli qarori qabul qilingan. Ushbu qaror bilan shahar hokimligi balansiga olingan bino-inshootlar va yer maydonlarini belgilangan tartibda ta'lim muassasalari balansiga qaytarish belgilangan.

So’nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqdagi Qo'qonjonim guruhida Qo’qon shahrida viloyat hokimining yuqoridagi qarori ijrosi ta'minlanmagani yuzasidan xabarlar e'lon qilindi. Mutasaddi tashkilotlar vakillaridan iborat Viloyat ishchi guruhi, Qo’qon shahrida o’rganish o’tkazib, bekor qilingan qarorga kiritilgan barcha maktablarda viloyat hokimi qarori ijrosi ta'minlanganligi holatini tekshirib chiqdi. O’rganish natijasida qolgan maktablarda bino-inshootlar va yer maydonlari maktab balansiga qaytarilgani, lekin 27-maktabning bino-inshootlari Qo’qon shahar hokimligi tomonidan davlat-xususiy sheriklik asosida MChJ shaklidagi tadbirkorlik sub'ektiga berib yuborilgani hamda belgilangan tartibda ta'lim muassasasi balansiga qaytarish bo’yicha viloyat hokimining qarori ijrosi ta'minlanmaganligi aniqlandi.

Viloyat ishchi guruhi tomonidan maktab bino-inshootlari tegishli dalolatnoma bilan ta'lim muassasasi balansiga qaytarilishi ta'minlandi.






Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram