Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 80 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


“20 MING TADBIRKOR – 500 MING MALAKALI MUTAXASSIS” DASTURI FARG’ONALIK TADBIRKORLAR UCHUN HAM YANGI IMKONIYATLAR ESHIKLARINI OCHMOQDA

×

 2023-07-19 23:02:52    638

PDF yuklash
Chop etish


Bugun Rishton tumani hokimligi majlislar zalida Bosh vazir o’rinbosari Jamshid Qo’chqorov ishtirokida kambag’allikni qisqartirish borasida “20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis” dasturining ijrosi yuzasidan Farg’ona viloyatida amalga oshirilayotgan ishlarga bag’ishlangan yig’ilish bo’lib o’tdi.

Unda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining "Kambag’allikni qisqartirishda tadbirkorlik sub'ektlari bilan o’zaro manfaatli hamkorlik o’rnatishga qaratilgan chora-tadbirlar to’g’risida"gi Farmoniga muvofiq qabul qilingan dastur haqida yana bir bor ma'lumot berildi.

Yig’ilishga iqtisodiy kompleks tarkibiga kiruvchi barcha boshqarma, tashkilotlar va tijorat banklari rahbarlari, shahar-tumanlar hokimlari, tegishli mutasaddilar, tadbirkorlar jalb etildi.

Dastlab Prezident farmoni asosida mamlakatda kambag’allikka qarshi kurashish jarayonini yangi bosqichga olib chiqish hamda ushbu jarayonga tadbirkorlik sub'ektlarini manfaatli hamkorlik asosida jalb qilish va ularga qo’shimcha qulayliklar yaratishga alohida e'tibor qaratilayotgani qayd etildi.

Shundan so’ng Farg’ona viloyatida ushbu yo’nalishda olib borilayotgan ishlar “Hamkorlik shartnomalari”ni tuzgan tadbirkorlarga Dasturda ishtirok etayotganligini tasdiqlovchi sertifikat berish jarayonlari tahlil qilindi.

Bosh vazir o’rinbosari Jamshid Qo’chqorov farg’onalik tadbirkorlar bilan o’tgan muloqotda mavjud muammolarga, taklif va tashabbuslarga belgilangan tartibda ko’mak ko’rsatilishini ma'lum qildi va ularga yechim belgilash bo’yicha mutasaddilarga topshiriqlar berdi.

Mas'ullar bilan birgalikda oldinda turgan muhim vazifalar kelishib olindi.

Yig’ilishda viloyat hokimining o’rinbosarlari Iqboljon Ergashev va Xurshid Ahmedov, Kambag’allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi direktori Mirzohid Ubaydullayev ham ishtirok etdi.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram