
Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

.
.
Saytni baholash
VITALIY LEVCHENKO 2025 YILGA QADAR “NEFTCHI”DA QOLADIGAN BO’LDI

2023-07-20 09:47:40 426
2022 yil iyul oyidan “Neftchi” jamoasi bosh murabbiyi bo’lib ishlab kelayotgan Vitaliy Levchenko 2025 yilga qadar “Neftchi”da qoladigan bo’ldi. Bu borada murabbiy bilan kelishuvga erishildi.
2022 yilgi mavsumda ketma ket mag’lubiyatlar bilan Superliga turnir jadvalida oxirgi o’rinlarga tushib qolgan “Neftchi”ni qabul qilgan Vitaliy Levchenko, qisqa muddatda vaziyatni o’nglab, jamoa o’yinida ijobiy o’zgarishlar qilishga erishdi, 2022 yil Superliga yakuniy jadvalida “Neftchi” 9-o’rinni qayd etdi.
Joriy mavsum Superliga birinchi davrasida o’tkazilgan 13 uchrashuvning 6 tasida g’alaba qozongan “Neftchi”, 7 uchrashuvda durang o’ynab, ushbu mavsumni mag’lubiyatsiz davom ettirayotgan yagona jamoa bo’lib turibdi. 25 ochko jamg’argan Levchenko shogirdlari, birinchi davrani uchinchi o’rinda yakunlashdi.
UYEFA Pro litsenziyasiga ega 51 yoshli Vitaliy Levchenko tojik futbolining tarbiyalanuvchisi bo’lsada, asosiy futbolchilik faoliyati Ukrainada (“Dinamo” K, TsSKA, “Tavriya” jamoalari) hamda Rossiyada (“Volgar”, “Dinamo” St, “Spartak” (Kostroma) va “Ural” jamoalari) o’tgan. Bir mavsum Xitoyning "Chanchun" klubi sharafini ham himoya qilgan. Tojikiston terma jamoasida 9 ta o’yinda maydonga tushgan.
2005 yildan murabbiylik faoliyati bilan shug’ullanib keladi. Ukrainaning “Knyaja”, “Arsenal”, “Desna”, “Ednist” jamoalarida, Ukraina yoshlar terma jamoasida murabbiylik qilgan. Tojikiston terma jamoasi murabbiyi, yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida faoliyat yuritgan. Tojikistonning “Barkchi”, “Xo’jand” jamoalarida bosh murabbiy, Rossiyaning “Krilya Sovetov” jamoasida murabbiy bo’lgan. 2020-2022 yillarda Dushanbening “Istiqlol” jamoasini boshqargan. 2021 yili OFK Chempionlar Ligasidagi debyut mavsumida guruh bahslarida birinchi o’rinni egallab, jamoasini 1/8 finalga olib chiqqan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram