Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
2023 YILNING O’TGAN OLTI OYI DAVOMIDA VILOYATIMIZDA XOTIN-QIZLARNI QO’LLAB-QUVVATLASHGA QARATILGAN ISHLAR
2023-07-20 12:22:58 254
2023 yilning yanvar-iyun oylari davomida Farg’ona viloyatida 96 ming 154 nafar “Ayollar daftari”ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarga yordam ko’rsatildi.
Bugungi kunda viloyatimizda 25 mingdan ziyod ayollar tadbirkorlik faoliyati bilan band bo’lib, joriy yilning yanvar-iyun oylari davomida ularning 15 ming 829 nafariga 227 mlrd. 562 mln. so’mlik imtiyozli kreditlar ajratildi.
150 nafar kam ta'minlangan ehtiyojmand xotin-qizlarning 1 mlrd. 750 ming so’mlik ta'lim kontrakt to’lovlari mahalliy byudjet hisobidan to’lab berildi.
10 ming 568 nafar xotin-qizlarning ta'lim kontraktlarini to’lashlari uchun 7 yil muddatga foizsiz ta'lim krediti ajratildi.
2 ming 691 nafar xotin-qizlarga subsidiyalar ajratilib, 9 mlrd. 61 mln. so’m mablag’ yo’naltirildi.
17 ming 354 nafar xotin-qizlarning bandligi ta'minlandi. 11 ming 587 nafar xotin-qizlar kasbga o’qitilib, 6 ming 184 nafarga yaqini tadbirkorlik faoliyatini yo’lga qo’ydi, 7 nafar tadbirkor ayollarning tayyorlangan mahsulotlari eksportga chiqishi uchun ko’maklashildi.
71 nafar jazoni ijro etish muassasasidan qaytgan xotin-qizlarga 96 mln. so’m mablag’ berildi, 55 nafari ishga joylashtirildi, 61 nafariga turli ko’rinishdagi yordamlar ko’rsatildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram