Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
MARG’ILONDA OZODBEK NAZARBEKOV ISHTIROKIDA MILLIY ASKIYACHILIK VA QIZIQCHILIK SAN'ATINI YANADA RIVOJLANTIRISHGA BAG’ISHLANGAN UCHRASHUV BO’LIB O’TDI
2023-07-21 15:07:00 454
Bugun Marg’ilon shahridagi Ijodkorlar bog’ida Madaniyat va turizm vaziri Ozodbek Nazarbekov ishtirokida milliy askiyachilik va qiziqchilik san'atini yanada rivojlantirishga bag’ishlangan uchrashuv bo’lib o’tdi.
Vodiy viloyatlari askiya va qiziqchilik san'ati ustalari, soha mutaxassislari jalb etilgan tadbirda Prezident Administratsiyasi madaniyat va san'atni rivojlantirish sho’'basi mudiri Nodirbek Sayfullayev ham ishtirok etdi.
O’ziga xos tantana va so’z ustalarining ichakuzdi askiyalari bilan boshlangan uchrashuvda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika milliy askiya va qiziqchilik san'atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori mazmun-mohiyati kun tartibidan o’rin oldi.
Askiyachilik hazil-mutoyiba san'at turi sifatida 2014 yili YuNESKOning Insoniyat nomoddiy madaniy merosi Reprezentativ ro’yxatiga kiritilgani qayd etildi.
Davlatimiz rahbari e'tiborlari bilan mamlakatimizda milliy qadriyatlarimizni, shu jumladan, milliy askiya va qiziqchilik san'atini asrab-avaylash, keng targ’ib etish va kelgusi avlod uchun nomoddiy madaniy meros sifatida yetkazish maqsadida olib borilayotgan ijobiy ishlar haqida to’xtalib o’tildi.
O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan artist, so’z ustasi Mamasiddiq Sherayevning jonkuyarligi, taklif va tashabbuslari milliy askiya va qiziqchilik san'atini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etayotgani ta'kidlandi.
Endilikda ushbu san'at turini ham ilmiy asoslarini yaratish, o’quv-qo’llanmalar ishlab chiqish, “ustoz-shogird” an'analarini rivojlantirish, iste'dodli yoshlarni tarbiyalash, ularning ijodiy salohiyatini qo’llab-quvvatlash bo’yicha belgilangan chora-tadbirlar Prezident qarori sharhi bo’yicha tayyorlangan reportaj orqali ishtirokchilar e'tiboriga havola etildi.
Tadbirda Marg’ilon shahrida Madaniyat va turizm vazirligi tizimida davlat muassasasi shaklida Yusufjon qiziq Shakarjonov nomidagi respublika askiya va qiziqchilik san'ati markazi tashkil etilgani ma'lum qilindi.
Viloyat Madaniyat va turizm boshqarmasida bo’lim boshlig’i bo’lib faoliyat olib borayotgan Shamsiddin Babadjanov markaz direktori vazifasini bajaruvchi etib tanishtirildi. So’z ustasi Mamasiddiq Sherayev badiiy rahbar sifatida soha rivojiga hissa qo’shishi urg’ulandi.
So’z san'ati ustalari, soha fidoyilari milliy askiya va qiziqchilik san'atiga oid maxsus qaror ijrosini ta'minlashda bor iqtidor va imkoniyatlarini safarbar etishlarini ta'kidladilar.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram